Imambayildi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imambayildi (turkcha: İmambayıldı[1][2], „imom bayildi“ — soʻzma-soʻz „ imom hushidan ketdi“) turk, bolgar va Bolqon mintaqasining milliy oshxonalari taomidir.

Bu oʻsimlik yogʻida (anʼanaviy ravishda zaytun moyida) qovurilgan pomidor, piyoz va sarimsoq bilan toʻldirilgan yarimtaki baqlajondir[3][4]. Toʻldirishning tarkibi biroz farq qilishi mumkin, lekin odatda sabzavot boʻlib qoladi. Imombayildi biroz buzilgan nom bilan Bolgariya, Isroil, Armaniston, Shimoliy Makedoniya, Gretsiya, Albaniya va arab dunyosida keng tanilgan. Shunga oʻxshash taom Eronda ham mashhur, ammo mahalliy retsept boʻyicha ichiga boshqa sabzavotlar va oʻtlar solinishi mumkin. Hozirgi kunda bu ovqatni qish uchun va sotish uchun bankalarda saqlanadi, bu holatda, baqlajonlar ichi toʻldirilmaydi, balki oddiygina sabzavot aralashmasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi[3][4].

Nomining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taxminlarga koʻra, bu nom turk imomining xotini unga taom keltirganida xushboʻy isidan hushidan ketganligi afsonasidan kelib chiqqan. Boshqa versiyalarda u masalliqlarning narxi yoki bu taomni tayyorlash uchun sarflangan moy miqdorini eshitganida hushidan ketgani haqida kulgili hikoya bor[5].

Xalq ertaklarida imom zaytun moy sotuvchisining qiziga qanday uylangani ham aytiladi. Uning sepi eng yaxshi zaytun moyi solingan oʻn ikki bankadan iborat boʻlib, u har kuni kechqurun eriga pomidor va piyoz qoʻshilgan baqlajonli taom pishirardi. Ammo oʻn uchinchi kuni dasturxonda taom boʻlmagan. Imomga xotini zaytun moyi tugaganini bildirgach, hushidan ketgan[6].

Adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reks Stoutning „Oliftaning oʻlimi“ (1969) romanida bosh qahramon, baqaloq va mazaxoʻrak izquvar Neron Vulf hibsdan ozod qilingan yordamchisi Archi Gudvin bilan salomlashadi: "… Ha, siz haqiqatan ham oʻz vaqtida uchradingiz. Janob Stepanyan endigina sevimli taomi boʻlmish xunkav beyandini tayyorlashni tugatmoqda. Retsept Armanistonda ixtiro qilingan, ammo turklar buni Muhammad davridan beri bilishlarini daʼvo qilishadi. Bu baqlajon toʻldirilgan kabob boʻlib, uni turklar „imombayildi“ — hushidan ayrilgan imom deyishadi. Yogʻda qovurilgan piyoz, pomidor, sarimsoq, tuz va qalampir. Qamoqxona iflos boʻlganmi?"

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „TÜRK DİL KURUMU“ (tr). Tdk.gov.tr. 2015-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2017-yil.
  2. Hugh Fearnley-Whittingstall. „Hugh Fearnley-Whittingstall's aubergine recipes“. The Guardian (15-oktabr 2010-yil). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2015-yil.
  3. 3,0 3,1 „Баклажаны по-болгарски «Имамбаялды»“. 2017-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Имам баялды Janarat“. 2021-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-oktyabr.
  5. John Ayto, The Gluttonʼs Glossary: A Dictionary of Food and Drink Terms, Routledge, 1990, ISBN 0-415-02647-4, p. 146.
  6. Gregory McNamee Movable Feasts: The History, Science, and Lore of Food, Greenwood Publishing Group, 2006, ISBN 0-275-98931-3, p. 82.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Васюкова А. Т. „Турецкая кухня. Мам балди“,. Технология кулинарной продукции за рубежом: Учебник для бакалавров. М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2015 — 118 bet. ISBN 978-5-394-02237-1. 
  • Charles Sinclair. imam bayaldi // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 289. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.