Ikki okean siri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ikki okean siri
Тайна двух океанов
Muallif Grigoriy Adamov
Janr ilmiy-fantastik roman
Til rus
Nashr qilingan yil 1938
Tarjimon Lutfulla Alimov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1964
Sahifalar soni 528

„Ikki okean siri“ (ruscha: Тайна двух океанов) — rus yozuvchisi Grigoriy Adamov qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Ilk bor 1938-yil chop etilgan. „Ikki okean siri“ni oʻzbek tiliga Lutfulla Alimov tarjima qilgan.

Romanda „Pioner“ sovet suv osti kemasining Leningraddan Vladivostokka Atlantika hamda Tinch okeanlari orqali qilgan sayohati haqida hikoya qilinadi.

Syujet[tahrir]

Sovet diplomatining 14 yoshli oʻgʻli Pavlik Atlantika okeani shimolida minib olgan kemasi choʻkib ketishi ortidan „Pioner“ suv osti kemasi bortiga tushadi. „Pioner“ oʻzgacha kema boʻlib, u sovet ilm-fanining eng yaxshi yutuqlarini oʻzida mujassam etgan boʻladi.

Kema Yaponiyaning kuchayib borayotgan dengiz flotiga qarshi chiqish uchun Leningraddan Tinch okeani floti tomon yoʻl oladi. Romanda „Pioner“ kemasi ekipaji ushbu sayohat davomida boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi.

Qahramonlar[tahrir]

  • Pavlik – sovet diplomatining 14 yoshli oʻgʻli

Oʻzbekcha tarjima[tahrir]

Asarni oʻzbek tiliga 1954-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan nashirdan Lutfulla Alimov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1964-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Surayyo Saydaliyeva – muharrir, A. Vasin va B. Markevich – rassomlar, K. Nazarov – rasmlar muharriri, T. Rahimov – texnik muharrir, M. Rustamov – musahhih. Kitob adadi – 20 000 nusxa.