Kontent qismiga oʻtish

Ilmiy kengash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilmiy kengash - ilmiy tadqi qot muassasalari va oliy oʻquv yurtlari tarkibida ilmiy tadqiqot va oʻquv ishlarini tashkil etuvchi hamda uni bajarilishini nazorat qiluvchi organ. Uning ishiga direktor (rektor) rahbar (rais) lik qiladi. I.k. kafedra, boʻlim va lab.larda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan hisobotlarni, muassasa xodimlari tomonidan bajarilgan ilmiy asarlarni muhokama qiladi, turli mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtka-zadi, muassasaning ilmiy yoʻnalishi boʻyicha ilmiy munozaralar uyushtiradi, kafedra, boʻlim mudirlari, prof.-oʻqituvchi va ilmiy xodimlarni lavozimga tasdiqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazadi, xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etadi, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish, oʻquvmetodik masalalarni muhokama etadi va hokazo.

Aspirantura va doktorantura mavjud boʻlgan hamda fanning ayrim sohalari boʻyicha yetarli darajada ilmiy salohiyatga ega oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari qoshida ular boʻysunadigan vazirliklar yoki Oʻzbekiston FA tavsiyasiga koʻra, Oʻzbekiston Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan nomzodlik va d-rlik dissertatsiyalari himoya qilinadigan maxsus ilmiy ken-gashlar tashkil etiladi. Zarur hollarda fanning ayrim sohalari boʻyicha bir nechta muassasa olimlaridan tarkib topgan birlashgan I.k. tashkil etilishi mumkin. Bunday I.k.lar tarkibi rahbariyati va himoya qilish mumkin boʻlgan fan ixtisosliklari soni tav-siyaga koʻra OAK tomonidan belgilanadi. I.k.lar tarkibida kamida 9, kupi bilan 21 aʼzo boʻlishi mumkin, unda rais, rais muovini va ilmiy kotib boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil