Mahmud Taymur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taymur Mahmud (1894.16.6, Kohira — 1973.25.8, Shveysariya) — arab yozuvchisi (Misr). Arab tili akademiyasi (Qoqira)ning haqiqiy aʼzosi. Misr adabiyotida realistik novella janri asoschilaridan biri. Ijodi 1920-yildan boshlangan. Dastlabki ijodida A.P.Chexov, G. de Mopassan asarlarining taʼsiri seziladi. Hikoyalarida Misr dehqonlarining ayanchli turmushi tasvirlangan, "Majhul nido" (1939), "Boʻronlarda azoblangan Salva" (1947) romanlarida simvolizm taʼsiri koʻzga tashlanadi. T. "Shamruh" (1958), "Koʻk chiroklar" (1960) kabi ijtimoiy mavzudagi romanlar, bir necha qissa va dramalar muallifi. Ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan: "Arab hikoyalari" (1957), "Hikoyalar" (1958) va boshqa