Aroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sobieski arogʻi, Polsha mahsuloti.

Aroq distillangan yuqori darajali alkogolli ichimlikdir. U suv va etanoldan iborat, shuningdek hid va taʼm beruvchi unsurlar ham qoʻshiladi. Aroq bugʻdoy, kartoshka, mevalardan tayyorlanadi.

Araq (arab. – ter, bug‘lanish) – spirtli ichimlik; tozalangan etil spir-ti (hajmi 40 – 50%)ning aktivlash-tirilgan ko‘mir bilan ishlov berilgan suvli aralashmasi. Don, kartoshka va boshqa mahsulotlarni qayta ishlab olinadi. Yuqori sifatli A. bir necha marta to-zalanadi. A.ga arpabodiyon, qalampir, murch, yalpiz va shahrik. o‘simliklar qo‘shib "maxsus araq"lar tayyorlanadi (qarang Vino-araq sanoati).[1]

Anʼanaviy aroq 38% alkogolli boʻladi. Zamonaviy, ukrain, belarus, polyak, rus va litov andozalariga koʻra tayyorlangan aroq esa 40% alkogollidir. Yevropa Ittifoqida aroq uchun eng kam alkogol miqdori 37.5% qilib koʻrsatilgan.[2] AQShda esa bu koʻrsatkich 40% dan kam emas.[3]

Aroqni odatda shundayligicha ichiladi. Biroq u kokteyllar asosi qilib ham ishlatilishi mumkin, masalan Qonli Mary, Oq Rus kokteyli, Qora Rus kokteyli, martini va hk.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Production of vodka by Gin and Vodka Association, Internet Archive
  3. United States Code of Federal Regulations Title 27, Section 5.22(a)(1). United States Government Printing Office. Asl nusxadan arxivlandi (2011-11-23). 2011-05-31.