Dan Brown
Den Braun | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 22-iyun 1965-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Nyu-Xempshir, AQSh |
Fuqarolik: | ![]() |
Kasb: | Adib |
Faoliyat: | yozuvchi |
Janr: | detektiv |
Daniel Gerhard Brown (Den Braun) (1965 -yil, AQSh) — amerikalik mashhur yozuvchi. Asarlari dunyoning turli tillari, jumladan o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Adibning Da Vinchi siri va Ibtido romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Uning asarlari odatda 24 soat mobaynida davom etadigan sarguzashtlarni oʻz ichiga oladi. Bunday sarguzashtlar koʻpincha kriptografiya, sanʼat va konspirologiya haqida boʻladi. Uning asarlari 57 ta tillarga tarjima qilingan 200 million nusxada sotilgan. Kitoblaridan „Farishtalar va jinlar“, „Da Vinchi siri“ va „Inferno“ asosida film ishlangan. „Yoʻqolgan belgi“ kitobi asosida esa serial ishlandi va 2021 yilda ommaga havola etildi.
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mustaqil romanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Raqamli Qal’a (1998)
- Aldash nuqtasi (2001)
- Yovvoyi simfoniya (2020)
Robert Langdon kitoblar seriyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Farishtalar va jinlar (2000)
- Da Vinchi siri (2003)
- Yo'qolgan belgi (2009)
- Inferno (2013)
- Ibtido (2017)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |