Milliy tiklanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"MILLIY TIKLANISH" - Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratii, partiyasi (MTDP) gazetasi. 1995 yil 10 iyundan Toshkentda chiqa boshlagan. Haftada 1 marta chop etiladi. Muassisi: Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Siyosiy kengashi va "Milliy tiklanish" gaz. ijodiy jamoasi. Mustaqil davlat sharoitida totalitar rejimdan qolgan asoratlarni tugatishga, til, tarix, madaniyat, maʼrifat, maʼnaviyat sohalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida tiklanishga, shu gʻoyalarni ijtimoiy hayot qatlamlari ichiga chuqur kirib borishiga va shu asosda yangi hayotiy va insoniy qarashlarning ustuvor boʻlishiga erishish yuzasidan MTDP olib borayetgan faoliyatni yoritish gaz. ning asosiy vazifasidir. Bosh muharriri Ibrohim Gʻafurov. Adadi 3000 (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil