Ibrohim ibn Nasr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibrohim (Qoraxoniy)dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim Ibn Nasr, Boʻritegin, Tamgʻachxon Ibrohim (1000 — 1070) — Movarounnahrdagi Gʻarbiy Qoraxoniylar xoqonligi nomli Turkiy davlatning asoschisi (1040—70).

Qoraxoniylardan. Otasi — Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017—21). Bu yerda Boʻritegin, amir va malik unvonlari bilan tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniy beklaridan Alitegin turkmanlar yordamida Movarounahrni bosib olgan paytda (1025) I. ibn N. uning farzandlari qoʻliga asir tushgan. 1037-yil asirlikdan qochib Xoʻjandni egallagan. Biroq, akasi, Fargʻona hukmdori Muhammad bilan chiqisha olmay, jan. ga yoʻl olgan va Chagʻoniyonni bosib olgan. Bu yerda kuch toʻplab Movarounnahrning markaziy hududlariga bostirib kirgan va Kesh, Samarqandni egallagan (1040). Ibrohim ibn Nasr oʻzini Tamgʻachxon deb eʼlon qilgan va mustaqil davlat birlashmasi — Gʻarbiy Qoraxoniylar xoqonligiga asos solgan. I. ibn N. 1041—42-yil larda Buxoroni egallagan. 1043-yil Chagʻoniyonni gʻaznaviylar, soʻngra bir oz vaqtdan keyin saljuqiylar bosib olgan. I. ibn N. saljuqiylar bilan Termiz va Balxga egalik qilish uchun kurashgan. 11 -a. oʻrtalarida Sharqiy xoqonlikni qamrab olgan oʻzaro janjallar, nizolardan foydalanib I. ibn N. Fargʻona, Shosh, Isfijob, Taroz va hatto Qoraxoniylarning Chu vohasida joylashgan asosiy poytaxti Bolasogʻunni ham egallab olgan. Biroq, shunga qaramasdan, u Samarqandni oʻz poytaxtiligicha qoldirgan. Umrining oxirida falaj boʻlib qolgan Ibrohim hokimiyatni oʻgʻli Shamsulmulkka topshirgan. Tamgʻachxon Ibrohim oʻqimishli, aqlli va tadbirkor xoqon boʻlgan. Oʻz siyosatida ulamolarga tayanib ish yuritgan. U Samarq-andda tartib-osoyishtalik oʻrnatish va uning xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qilgan, oʻgʻrilik va talonchilik uchun qattiq jazolagan. Qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan. Masalan, 1066-yil uning buyrugʻi bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda Madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi maʼlum.

Adabiyot[tahrir]

  • Kochnev B. D., Ibraxim ibn Nasr — sozdatel Zapadnogo Karaxanidskogo kaganata. Drevniye sivilizatsii Yevrazii. Istoriya i kultura, M., 1998; Samarkand tarixi, 1-j., T., 1971.
  • Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Qoraxoniylar sulolasi

Bilga Kul Qodir xoqon (850 - 880)
Bozir Arslan-xon (? - 910)
Ogulchak Qodir-xon (910 - 920)
Satur Bogra-xon (920 - 955)
Musa Bogra-xon (955 - 958)
Suleymon Arslan-xon I (968 - 970)
Ali Arslan-xon I (970 - 998)
Axmed Togan-xon I (998 - 1017)
Mansur (1017 - 1024)
Axmed Togʻon-xon II (1024 - 1026)
Yusuf Qodir-xon (1026 - 1032)
Suleymon Arslan-xon II (1032 - 1040)

Qoraxoniylar
Sharqiy xoqonligi

Suleymon Arslan-xon II (1032 - 1056)
Mohammed Bogra-xon (1056 - 1057)
Ibrohim I (1057 - 1059)
Maxmud Torgul-kara (1059 - 1074)
Umar Torgul-tegʻin (1074 - 1075)
Zarun Abu Ali (1075 - 1103)
Axmed Nur ad-Davla (1103 - 1128)
Ibrohim II (1128 - 1158)
Mohammed (1158 - ?)
Yusuf Abul Muzaffar (? - 1205)
Abul Fatx Mohammed (? - 1211)

Qoraxoniylar
Gʻarbiy xoqonligi

Ibrohim ibn Nasr (1040 - 1068)
Shamsulmulk (1068 - 1080)
Xizr-xon (1080 - 1081)
Ahmad-xon ibn Xizr-xon (1081 - 1089)
Yakub (1089 - 1095)
Masud I (1095 - 1097)
Suleymon (1097)
Maxmud I (1097 - 1099)
Jibrail (1099 - 1102)
Mohammed II (1102 - 1130)
Nasr II (1128 - 1129)
Axmed II (1128 - 1130)
al-Xassan (1130 - 1132)
Ibrohim II (1132)
Maxmud II (1132 - 1141)
Ibrohim III (1141 - 1156)
Ali II (1156 - 1160)
Masud II (1160 - 1178)
Nasr III (1163 - 1173)
Mohammed III (1171 -1174)
Ibrohim ibn Husayn (1178 - 1202)
Usmon ibn Ibrohim (1202 - 1212)

Qoraxoniylar
Farqona kagʻonligi

Nasr-tegʻin (1013)
Mansur Abul Muzaffar (1013 - 1024)
Mohammed Ain ad-Davla (1041 - 1052)
Ibrohim (1059)
Abd al-Mumin (-)
Ali (-)
al-Xasan (-)
Xuseyn Jalol (1132 - 1156)
Maxmud Togan-xon (1156 - 1164)
Ibrohim Arslan-xon (1164 - 1178)
Nasr (1178 - ?)
Mohammed (? - 1182)
Qodir-xon (? - 1209)
Maxmud (? - 1213)

Qoraxoniylar