Kontent qismiga oʻtish

I Love You (Billie Eilish qoʻshigʻi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„I love you“
Billie Eilish qoʻshigʻi
„When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2019-yil 29-mart
Davomiyligi 4:51
Leybl
Matn muallif(lar)i
  • Billie Eilish O'Connell
  • Finneas O'Connell
Prodyuser(lar) Finneas O'Connell

"I Love You" (oʻzbekcha: „seni sevaman“) – amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning 2019-yilda ommaga taqdim etilgan „When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ nomli dastlabki albomidan joy olgan qoʻshigʻidir. U bu qoʻshiqni akasi Finneas OʻKonnell bilan birgalikda yozgan. Qoʻshiq albomdagi 13-trek boʻlib, akustik gitaraga asoslangan balladadir. Qoʻshiq matnida Eilish kimnidir sevib qolishga qarshi ekani ijoda qilingan.

Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy fikrlar oldi hamda ularning bir nechtasi musiqani va lirik mazmunini yuqori baholadi. Qoʻshiqni tezroq tanitish maqsadida u 2019-yildagi „When We All Fall Asleep Tour“, 2020-yil „Where Do We Go?“ hamda 2022-yil „Happy than Ever“ nomli konsertlarida jonli ijro etildi. Album chiqarilganida esa, qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 reytingida 53-oʻrinni qoʻlga kiritdi va boshqa bir nechta davlatlar reytinggida ham yuqori oʻrinlardan joy oldi.

Tarixi va taqdim etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
An image of a blonde-haired man wearing a suit and sunglasses against a purple-red backdrop.
Eilishning akasi Finneas OʻKonnell surati. U qoʻshiqni yozish va ishlab chiqarishga katta hissa qoʻshgan.

2019-yilning 29-martida „I love you“ qoʻshigʻi Eilishning „When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ nomli dastlabki albomining 13-qoʻshigʻi sifatida taqdim etildi[1]. Qoʻshiqni Eilish va uning prodyuser akasi Finneas OʻKonnell birgalikda yozgan. U Los-Anjelesning Highland Parkida joylashgan Finneasning yotoqxona studiyasida yozib olingan[2]. Qoʻshiq studiya xodimlari Jon Greenham va Rob Kinelski tomonidan miks qilingan hamda mukammallashtirilgan[1]. Eilish Phoebe Bridgers, Post Malone, Ry X, XXXTentacion, Bon Iver va Sufjan Stevenslarning qoʻshiqlaridan ilhomlangan holda ularning qoʻshiqlaridan foydalanilgan musiqa roʻyxatini 2020-yil 25-mart kuni oʻzining Instagram sahifasiga joyladi[3]. Keyinchalik Finneas Pitchfork nashriga bergan intervyusida qoʻshiq yozib olinishidan oldin yaratilgan deb oydinlik berib oʻtgan[4].

Ijodiy va lirik tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqaviy tomondan qaralganda, muhabbat bilan kuylangan qoʻshiq templari daqiqasiga 72 marotaba bong uradi. Eilishning ovozida xotirjamlikni ifodalagan ushbu qoʻshiqda reverb ham joy olgan, hamda ispancha G3 va A4 notalari ham mujassamdir[5][6]. Finneas qoʻshiq orqali oʻzining hissiyotlari uygʻunlashgani uchun qoʻshiqni qoʻllab-quvvatlagan[7]. Craig Jenkins bu qoʻshiqni Vulture nomli maqolasida „zulmat“ qoʻshigʻi deb atagan va Lana Del Reyning Born to Die va Halseyning Badland nomli qoʻshiqlarini eslatganini aytib oʻtgan[8]. Chris DeVille Stereogum musiqa saytida qoʻshiqning aynan "in a world wrecked by tragedy" joyi aynan Eilish uchun tegishli jumlalar ekanligini aytgan[9].

Kutib olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"I Love You" musiqasi tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy fikrlar oldi. Qoʻshiq Libby Torresning Insideri tomonidan maqtalgan, u qoʻshiqga „heart-wrenching“ and „serene“ yaʼni „yurakni tirnovchi“ va „tinchlantiruvchi“ deya taʼrif bergan[7]. Qoʻshiq Sam Prancening AllMusic musiqaviy saytida „yurakni ezuvchi akustik goʻzallik“ deb ham nom olgan[1]. Madeline Rothning MTV kanalida esa uni „oxirgisidan bitta oldingi ajoyib qoʻshiq“ deb atagan[10]. Jon Parelesning New-York Times gazetasida qoʻshiqning matni hamda, matndagi soʻzlar ham alohida maqtab oʻtilgan[11].

Jonli ijro va boshqa chiqishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eilish 2019-yil 20-aprel kuni Coachella Valley Music and Arts Festivalida keyinchalik 30-iyun kuni Glastonbury festivalida ushbu qoʻshigʻini ijro etgan [12] [13]. Eilishning „I Love You“ qoʻshigʻi „When We All Fall Asleep Tour“ toʻplamlari roʻyxatiga kiritildi (2019)[14]. Shu yilning avgust oyida Pukkelpop musiqa festivalida ham ijro etildi[15]. 2019-yil 12-avgustda „I Love You“ning jonli ijroda kuylangan varianti Eilishning YouTube kanaliga joylandi[16]. Bu ijro Los-Anjelesdagi Greek Theatreda suratga olingan va unda Eilish bilan Finneas osigʻliq yotoq ustida birga oʻtirgan holda akustik gitarada musiqa chalayotgani aks etgan. Minglab muxlislar mobil telefonlarining chiroqlari bilan stadionni yoritgan, orqa fonda esa bulutli tungi osmon koʻrinishi boʻlgan .Qoʻshiq yakunida esa ikkalasi oʻtirgan yotoq ulkan toʻlin oy oldida pastga tushirilgan[17][18][19]. 2019-yil 29-sentabrda Eilish va Finneas qoʻshiqni akustik variantini „Saturday Night Live“ning 45-milliy mavsumida birgalikda ijro etgan [20][21][22][23]. Qoʻshiq Britaniyaning Hollyoaks serialidagi bir epizodda ham ishlatilgan[24]. 2020-yil aprel oyida amerikalik Wilco nomli rok guruhining qoʻshiqchi va gitaristi Jeff Tweedy oʻzining jonli radio eshittirishi Tweedy Show dasturining 16-qismida „I Love You“ni akustik gitarada ijro etilganini alohida aytib oʻtgan. Keyinchalik Tweedy shu yilning 28-iyulida ham ushbu onlayn radio eshittirishining 77-sonida qoʻshiqni yana qayta yoritib oʻtgan[25].

Tidaldan oʻzgartiriligan kreditlar [26].

  • Billi Eilish – vokalchi, qoʻshiq yozuvchi
  • Finneas OʻKonnell – prodyuser, qoʻshiq yozuvchi, yordamchi vokalchi [7]
  • Jon Grinem – usta muhandis, studiya xodimi
  • Rob Kinelski – tovushlarni mikslashtiruvchi, studiya xodimi
  • Casey Cuayo – yordamchi mikslashturuvchi, studiya xodimi
  1. 1,0 1,1 1,2 Prance. „Billie Eilish When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“. AllMusic. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
  2. Wilson. „Here's where Billie Eilish recorded her debut album“. The Music Network (2019-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  3. Skinner. „Billie Eilish shares playlists of songs that inspired her debut album“ (en-AU). NME (2020-yil 25-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  4. „Finneas Explains How He Builds Songs For Billie Eilish | Critical Breakthroughs | Pitchfork“. YouTube. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  5. „Billie Eilish 'I Love You' Sheet Music“. Musicnotes.com. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  6. Tingen. „Billie Eilish“. Sound on Sound (2019-yil iyul). Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 Ahlgrim, Callie. „Every Billie Eilish song, ranked“. Insider (2020-yil 18-mart). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  8. Jenkins, Craig. „Billie Eilish Is the Future“. Vulture (2019-yil 29-mart). Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  9. DeVille. „Billie Eilish's Time Is Now“. Stereogum (2019-yil 28-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-mart.
  10. Roth. „Billie Eilish's When We All Fall Asleep: A Complete Breakdown from Finneas O'Connell“. MTV (2019-yil 4-aprel). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.
  11. Pareles. „Billie Eilish Redefines Teen-Pop Stardom on a Haunted, Heartfelt Debut Album“. The New York Times (2019-yil 29-mart). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  12. Saval, Marina. „Billie Eilish Mesmerizes Glastonbury Crowd With Life-Affirming Performance“. Variety (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  13. Kaur, Harmeet. „Billie Eilish played Coachella for the first time and the audience went wild“. CNN (2019-yil 14-aprel). 2019-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
  14. Saw, Yadana. „Review: Billie Eilish at Spark Arena – "a shared dream"“. Radio New Zealand (2019-yil 25-aprel). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
  15. „Hysterie tijdens Billie Eilish, maar perfect is het nog lang niet“ (nl). Het Laatste Nieuws (2019-yil 18-avgust). 2019-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
  16. „Billie Eilish - i love you (Live At The Greek Theatre)“. YouTube. Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.
  17. Skinner. „Watch Billie Eilish's beautiful new live video for 'I Love You'“. NME (2019-yil 14-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  18. Darus. „Billie Eilish Drops Haunting Live Video For 'I Love You' That Will Give You Chills“. Alternative Press (2019-yil 14-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  19. Spruch, Kirsten (August 13, 2019). „Billie Eilish Releases Chilling Live Video for 'I Love You': Watch“. Billboard. Qaraldi: June 2, 2020.
  20. Espinoza. „Watch Billie Eilish Perform 'Bad Guy' and 'I Love You' on 'SNL' Season Premiere“. Complex (2019-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-may.[sayt ishlamaydi]
  21. Arcand. „Watch Billie Eilish Perform 'Bad Guy' and 'I Love You' on SNL“. Spin (2019-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-may.
  22. Hussey. „Watch Billie Eilish Perform 'bad guy' and 'i love you' on SNL“. Pitchfork (2019-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  23. Young, Alex. „Billie Eilish Launches 'Where Do We Go? World Tour'“. Consequence of Sound (2020-yil 10-mart). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
  24. Simper. „Hollyoaks Talia Grant's real-life parents David and Carrie on their surprise guest appearance: 'We felt like the kids'“. Radio Times (2020-yil 20-fevral). Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  25. Rose. „Wilco's Jeff Tweedy covers 'I Love You' by Billie Eilish on his podcast again“. NME (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  26. „When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (I Love You) – Billie Eilish“. Tidal (2019-yil 29-mart). Qaraldi: 2019-yil 13-iyul. Note: Access the 'Credits' button.