Kontent qismiga oʻtish

IC Markets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Forex Broker
Turi Xususiy
Tarmogʻi Moliyaviy xizmatlar
Qachon asos solingan 2007 (17 yil avval) (2007)
Joylashuvi location
Asoschi(lari) Andrew Budzinski
Ishchilar soni 260
Vebsayti icmarkets.com/en/

IC Markets Avstraliyaning birja brokerlik kompaniyasidir. IC Markets Osiyo, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq mamlakatlari, Avstraliya va Yevropadagi forex, indekslar, xomashyo mollari, qimmatli qogʻozlar va fond bozorlaridagi farqiyatlar boʻyicha shartnomalarga ixtisoslashgan.[1][2] Kompaniyaning bosh idorasi Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan.

IC Markets 2007-yilda Endryu Budzinski tomonidan tashkil etilgan.

2009-yilda Avstraliya qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar komissiyasi IC Marketsga 335692-sonli litsenziya taqdim etgan.

2015-yilda IC Markets 2015-yil 15-yanvarda Shveysariya frankining keskin qulashi ortidan salbiy balansni qoplashini eʼlon qildi.[3]

2017-yilda IC Markets oʻz valyuta diapazonida 4 ta kriptovalyutani taqdim etdi.[4]

2018-yil oktabr oyida kompaniya Kipr litsenziyasini qoʻlga kiritganligini eʼlon qildi.[5]

2019-yil dekabr oyida Nik Tvidall bosh direktor etib tayinlandi.[6][7]

IC Markets faoliyati Evropa Ittifoqida CySEC, Seyshel orollarida Moliyaviy nazorat xizmati va Avstraliyada esa Avstraliya qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar komissiyasi tomonidan tartibga solinadi.[8][9]

IC Markets MetaTrader 4 va 5, Ctraderni taklif qiladi va internet orqali, kompyuterda va mobil moslamalarda ishlaydigan asboblarni qoʻllab-quvvatlaydi.

IC Markets Bitcoin, Bitcoin Cash, Ethereum, Dash, Litecoin, Ripple, EOS, Emercoin, Namecoin va PeerCoin boʻyicha CFD -larni taklif etadi.[10][11]

IC Markets qamrab olgan fond indekslariga quyidagilar kiradi: S&P 500, sanoat kompaniyalari uchun Dow Jones indeksi, FTSE indeksi va Australiya S&P 200 indeksi.[12][13]

IC Markets quyidagi molar uchun CFDlarni taklif etadi: qimmatbaho metallar, qishloq xoʻjaligi xom ashyo mollari va energiya resurslari, shu jumladan WTI, Brent navli xom neft va tabiiy gaz.[14][15]