S&P 500

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

S&P 500, AQSHdagi Standard and Poor's 500 ning qisqartmasi boʻlib, 500ta mahalliy kompaniyalarning aksiyalaridan iborat fond bozori indeksidir.[1] Koʻplab investorlar buni amerika fond bozorining eng yaxshi koʻrsatkichi deb hisoblaydilar. Indeks oʻz ichiga 500 yetakchi kompaniyani oladi va bozorda kaptalizatsiya qilish mumkin boʻlgan mablagʻning 80%ga yaqinini qoplaydi. Amalda 500 listing kompaniyalarining koʻplari indeks sur’atiga faqat cheklanan ta’siriga egalar. S&P 500dagi oʻnta yirik fond aksiyalarining 2021-yil iyuni oxirida indeksdagi umumiy salmogʻi 26,6%ga yaqinni tashkil qiladi.[2]

S&P 500 indeksi 1957-yilda yaratilgan va asos aksiyalarning oʻrtacha solishtirma narxidan foydalanaib hisoblanadi, shu sababli bozor reytingi yuqori boʻlgan aksiyalar indeksining umumiy narxiga katta ta’sirga ega. 2005-yildan indeks erkin muomaladagi aksiyalar sonini hisobga oladi.[3]

Kompaniyalarni tanlashning asosiy mezoni bozor kapitalizatsiyasi hisoblanadi, lekin kompaniyaning aksiyalari likvidligi, oʻsish sur’ati, faoliyat turi hisobga olinadi.[4][5] Moliyaviy sektor, axborot texnologiylari va energetika sektorlari aksiyalari indeks narxining deyarli yarmini tashkil qiladi. Agar kompaniya yuqorida koʻrsatilgan talablarga toʻgʻri kelmasa, bu kechiktirmay chiqarib tashlanishiga olib kelmaydi. Indeksdan chiqarishning asosiy sababi sotib yuborish yoki qoʻshilib ketishdir.[6] 2003-yildan S&P 500 EWI indeksi mavjud boʻlib, unda barcha 500 qatnashchi teng 2% salmoqqa ega. Indeksga har chorakda tuzatishlar kiritiladi.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „S&P 500“. britannica.com. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  2. „Top 10 S&P 500 Stocks by Index Weight“. investopedia.com. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  3. „Key dates and milestones in the S&P 500's history“. reuters.com. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  4. „How to invest S&P 500 Guide 2021“. comparebrokers.co. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  5. „Towards the Declassification of S&P 500 Boards“. papers.ssrn.com. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  6. „S&P 500 Changes“. sandp500changes.whw1.com. 23-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  7. „S&P; 500 Equal Weight Index“. us.spindices.com. 22-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.