Huquq manbalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Huquq manbalari — huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga BMT Ustavi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) va boshqa kiradi.

Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy manbalari qatoriga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsi-yasi; Oʻzbekiston Respublikasining kon-stitutsiyaviy qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Huquqning eng qad. manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.

Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretse-denti AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi.

Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra — norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi. Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning manbai hisoblangan. Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos Musulmon huquqlarning asosiy manbaini tashkil etadi.