Humus fatteh Livanda tasqiyah deb ham ataladi. Suriya, Livan va Falastindagi mashhur taomdir. U yaxshilab qaynatilgan noʻxat va sarimsoqli aralashmadan iborat boʻlib, unga qoʻshimcha tarzda suxari va smetana solinadi. Bezatish uchun smetana ustiga sariyogʻ quyiladi va qovurilgan yongʻoqlar sepiladi. Bundan tashqari, taʼbga koʻra xushboʻy ziravorlar hamda qovurilgan qiyma ham qoʻshish mumkin.
Damashqning humus fatteh taomi noʻxatlari maydalanib tayyorlanishi bilan mashhur. Yaxshilab maydalangan noʻxatlar sut bilan aralashtiriladi. Biroq suriyaliklar bunday tayyorlash usulidan farqli ravishda qovurilgan yoki qaynatib pishirilgan goʻshtlarni qoʻshadilar.
Falastin oshxonasidagi humus fatteh suriyaliklarniki bilan bir xil, biroq birgina farqi bor. Sut bilan aralashtirilgan tahin qoshadilar. Shuningdek, Suriya hummus fattehiga oʻxshab sariyogʻ surtilmaydi va qiyma kam qoʻshiladi Biz „tasqiya“ deb ataydigan Livan humusi fattehi suxari, qaynatilgan noʻxat va sutdan tayyorlanadigan eng oddiy turidir.