Hoji Sultonali masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hoji Sultonali masjidi
ozarbayjoncha: Hacı Sultanəli məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Yasamal tumani
Manzil Salatin Askerova koʻchasi, 25-uy
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi
Meʼmor Zivarboy Ahmadboyev
Binokorlik 19041910
Holati amaldagi

Hoji Sultonali masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Sultanəli məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahri, Yasamal tumani, Salatin Askerova koʻchasi, 75-uyda joylashgan mahalliy masjid.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji Sultonali masjidi XX asr boshlarida meʼmor Zivarboy Ahmadboyev tomonidan 1904–1910-yillarda qurilgan[1]. Yodgorlik qurilishiga hoji Sultonali homiylik qilgan boʻlib, Boku shahri, Nizomiy metro bekatidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan[2]. Masjid hududidan turk askarining qabri topilgan[3].

Hoji Sultonali masjidi ikki qavatdan iborat. Binoning yuqori qavati ayollar uchun, pastki – birinchi qavati esa erkaklar uchun moʻljallangan. Qurilish rejasida masjid kvadrat shaklida, gumbazli va minorali uslubda tasvirlangan. Hoji Sultonali masjidi dastlab minorasiz qurilgan boʻlib[4], Yevropa, Sharq va mahalliy arxitektura xususiyatlarini oʻz ichiga olgan.

2000-yil aprel oyida masjidda rekonstruksiya va restavratsiya ishlari boshlanib, 2001-yil oktyabr oyida yakunlangan va masjid toʻliq holda foydalanishga topshirilgan[3].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. . Архитектурная энциклопедия Баку. Baku: Международная Академия Архитектуры Стран Востока, 1998 — 331-333 bet. 
  2. S.Abdullayeva. „Azərbaycandakı məscidlər: mənəviyyat və tarixi-memarlıq abidələri“ (az). anl.az (2013-yil 24-sentyabr). 2018-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „"Hacı Sultanəli" məscidi“ (az). The State Committee on Religious Associations of the Republic of Azerbaijan. 2020-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  4. „Старые мечети Баку (список)“ (ru). ourbaku.com. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.