Hirshabelle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hirshabelle Somali Davlati
somalicha: Dowlad Goboleedka Hirshabeele ee Soomaaliya
arabcha: ولاية هيرشابيل الصومال
Wilāyat hirshabeele aṣ-Ṣūmāl
Hirshabelle bayrogʻi
Madhiya: Qolobaa Calankeed
Location of Hirshabelle
Poytaxt Johar
Eng katta shahar Beledueyn
Rasmiy til(lar) Somaliycha
Etnik guruhlar
Somalilar
Din
Islom
Hukumat Prezidentlik demokratiyasi ostidagi federativ davlat
• Prezident
Ali Abdullohi Hussayn
Yusuf Ahmad Hagar
Abdihakim Luqmon
Somalida muxtor federal aʼzo davlat
• Eʼlon qilindi
2016-yil 5-oktyabr
Aholi
• 2020-yilgi roʻyxat
3 771 638 kishi
(taxminan)
HDI 0.3
low
Pul birligi Somali shillingi (SOS)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
(kuzatilmagan)
Avtomobil harakati o‘ng
Telefon prefiksi +252 (Somali)
ISO 3166 kodi SO
Internet domeni .so

Hirshabelle (somalicha: Hirshabeelle; baʼzan HirShabelle deb ham yoziladi), rasman Hirshabelle Davlati (somalicha: Dowlad Goboleedka Hirshabeele ee Soomaaliya) — Janubiy Somalining markazidagi muxtor viloyat. Poytaxti – Johar shahri. Somalining eng yosh “davlati” hisoblanadi[1].

U sharqda Galmudug, gʻarbda Janubi-gʻarbiy Somali, janubda Somalining poytaxti joylashgan Banadir viloyati va shimolda Efiopiya bilan chegaradosh. Janubi-sharqdan Hind okeani tomonidan yuviladi.

Hirshabelle Somalining Hiron va Oʻrta Shabelle mintaqalaridan iborat. Davlat nomi ularning nomlarini birlashtirishdan kelib chiqqan. Hirshabelle Somalining vaqtinchalik konstitutsiyasida belgilanganidek, oʻzini Somali Federativ Respublikasining muxtor davlati deb eʼlon qildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hirshabel shtatini yaratish uzoq vaqtdan beri munozarali boʻlib kelgan, Hiron va Oʻrta Shabel hududlari oʻzlarining alohida mintaqaviy shtatlarini yaratish istagini bildirgan.

2016-yil oktabr oyida mahalliy prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Ali Abdullahi Osoble g‘alaba qozondi[2]. 2017-yil 11-martda Hirshabelle parlamenti 52 vazirdan (740) iborat yangi kabinetni tasdiqladi[3]. 2017-yil sentabr oyida parlament yangi prezident Muhammad Abdi Varni sayladi. Biroq, yangi hukumat asosan Mogadishoda joylashgan boʻlib, uning vakolatlari faqat Oʻrta Shabelle mintaqasi va Johar shahrining bir qismi bilan cheklangan.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johar orqali oʻtuvchi va Jalаlaksi va Mogadisho shaharlarini bogʻlovchi yoʻl nisbatan xavfsiz hisoblanadi. Jalolaksidan Buldo-Bardegacha boʻlgan yoʻl Buldo-Barde shahridagi shahar uchun taʼminot yoʻlidir, ammo, “Harakat al-Shabob” hujumlariga duchor boʻlishi mumkin. Bulo-Bardedan Beledueyndagi Halgan shaharchasi orqali oʻtadigan yoʻl “al-Shabob” hududidan oʻtadi va shuning uchun guruh hujumlariga koʻproq moyil. Bunda fuqarolik transporti harakati “al-Shabob” hududi orqali amalga oshirilishi mumkin.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqa Aholi
Hiron 514 901
Oʻrta Shabelle 901 183
Hammasi 1 416 084

Hiron mintaqasi okruglari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Okrug Aholi
Belet Weyne 144,345
Bulo Burto 89,120
Farlibaax 45,237
Ceelcade 21,712
Jalalaqsi 46,724
Maxaas 21,918
Matabaan 27,704
Buq Aqable 29,386

Oʻrta Shabelle mintaqasining okruglari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Okrug Aholi
Jowhar 218,027
Balcad 120,434
Adan Yabaa 62,917
Cadale 46,720
Warsheikh 15,573
Mahaday 51,230

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mart va aprel oylarida Xiron poytaxti Beledueyn shahrida oʻrtacha kunlik maksimal harorat 36,7 °C (98,1 °F) ni tashkil qiladi. Dekabr oyida oʻrtacha kunlik maksimal harorat 21,9 °C (71,4 °F).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]