Hipsterlar

Stokgolmlik bu yigit hipsterlarga xos soch turmagi, katta koʻzoynak, sigareta va pivoni namoyish etmoqda.
Hipsterlar deb 1990-yillar oxirida shakllangan yoshlar submadaniyatining bir turiga aytiladi. "Hipster" atamasi hippi kabi inglizcha: hip („urf“) soʻzidan kelib chiqqan. Hipsterlar submadaniyati mustaqil musiqa, mustaqil kino, noyob kiyinish, progressiv[1][2] yoki mustaqil siyosiy qarashlar, muqobil diniy ishonchlar yoki ateizm/agnostitsizm va farqli turmush tarzi bilan xarakterlanadi.
Hipster madaniyati „uslub, did va hatti-harakatlarning oʻzgarayotgan, trans-atlantik qaynab turgan qozoni“ga qiyoslangan.[3] Hipsterlar emo, punk, hippi kabi boshqa submadaniyatlar unsurlarini madaniy „hazm qilib“, oʻz madaniyatlariga singdiradilar.[4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Poll: Many Americans dislike hipsters, are open to hipster annoyance levy“. Washington Times (13-may 2013-yil). Qaraldi: 18-may 2013-yil.
- ↑ 12-oktabr 2010-yil . „What do hipsters and pornography have in common? - latimes.com“. Latimesblogs.latimes.com (12-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 18-may 2013-yil.
- ↑ Douglas Haddow. „Hipster: The Dead End of Western Civilization“. Adbusters (29-iyul 2008-yil). 8-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-sentabr 2008-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2008-09-08).
- ↑ Lorentzen, Christian. „Kill the hipster: Why the hipster must die: A modest proposal to save New York cool“ (may 30–5-iyun 2007-yil). 25-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2013-yil.
![]() |
Vikiomborda Hipsterlar haqida turkum mavjud |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |