Himʼyariylar podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Himʼyariylar podsholigi - Jan. Arabistondagi davlat. Miloddan avvalgi 1-asrda vujudga kelgan. Milodiy 1-asrdan Janubiy Arabistonda hukmronlik mavqeiga ega boʻlish uchun Saba bilan kurashga kirishgan. 4-asr boshida Janubiy Arabistonning butun hududini boʻysundirgan. 6-asr boshida efioplar (habashlar), 6-asrning 70-yillarida Sosoniylar tomonidan bosib olingan.