Hayleigh Bell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayleigh Bell

Bell/Sylvester juftligi, 2012
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 19-iyul 1996-yil (1996-07-19) (27 yosh)
Burlington, Ontario, Kanada
Boʻyi 1.60 m (5 ft 3 in)
Sherigi Rudi Swiegers
Oldingi sheriklari Alistair Sylvester
Murabbiyi Anabelle Langlois, Cody Hay
Oldingi murabbiylari Lee Barkell
Jamoasi Skate Regina
Uchishni boshlagan 2003
Yakunlagan 2016

Hayleigh Bell (talaffuzi: Heyli Bell; 1996-yil 19-iyulda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Rudi Swiegers bilan birga juftlikda konkida uchgan. Sobiq sherigi Alistair Sylvester bilan ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayleigh Bell 1996-yil 19-iyulda Ontario shtatining Burlington shahrida tugʻilgan[1].

Konki uchish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sylvester bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayleigh Bell va Alistair Sylvester 2009-yilda juftlik hosil qilgan va ularga Ontario shtatidagi Barrie shahrida joylashgan „Allandale Recreation Centre“ markazida Lee Barkell murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻzlarining bosh sovrinini qoʻlga kiritgandan soʻng, 2012-yilda Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, Kanada terma jamoasiga kiritilgan. Juftlik chempionatda qisqa dastur bo‘yicha oʻn ikkinchi o‘rin, erkin dasturda esa toʻqqizinchi o‘rin bilan, umumiy hisobda jamoalar oʻrtasida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan[2].

Bell / Sylvester juftligi keyingi mavsumda oʻzlarining birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etgan; ular Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri turnirida 7, Xorvatiyada esa 6-oʻrinni egallagan. 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan juftlik, 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun Italiyaning Milan shahriga joʻnatilgan. Juftlik chempionatda qisqa dasturda 14-o‘rinni, erkin dasturdan esa 10-o‘rinni egallaganidan holda, umumiy hisob bilan jamoalar orasida 11-o‘rindan joy olgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Swigers bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015—2016

Sylvester bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2012—2013

2011—2012

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Swigers bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 2015—16
GP Rostelecom Cup 8
Skate Kanada 5
Milliy
Kanada chempionati 8

Sylvester bilan juftlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 2011—12 2012—13
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 12 11
JGP Avstriya 7
JGP Xorvatiya 6
Milliy
Kanada chempionati 1 1

Yakka holda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 2011—12 2012—13
Kanada chempionati 18 16

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hayleigh BELL / Alistair SYLVESTER: 2012/2013“. International Skating Union. 2014-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Walker, Elvin. „Canada’s Bell and Sylvester hope for more surprises“. Golden Skate (2012-yil 13-sentyabr).
  3. Kwong, PJ. „Figure skaters get creative to cover massive costs“. CBC Sports (2015-yil 18-noyabr).