November Rain

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„November Rain“
Guns N' Roses qoʻshigʻi
„Use Your Illusion I“ albomidan
B tomon „Sweet Child o' Mine“ (LP versiyasi)
Chiqarilgan sanasi 1992-yil fevral
Yozib olingan 1990–1991
Janr
Davomiyligi 8:57
Leybl Geffen
Matn muallif(lar)i Axl Rose
Prodyuser(lar)
  • Mike Clink
  • Guns N' Roses
  • Steven Wilson[4]
Guns N' Roses singllari xronologiyasi
„Live and Let Die“
(1991)
November Rain
(1992)
„Knockin' on Heaven's Door“
(1992)
Kliplari
„November Rain“ YouTubeda
„November Rain“ (2022) YouTubeda

November Rain“ Amerikada tuzilgan Guns N' Roses hard-rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning Use Your Illusion I (1991) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 1992-yili singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matnini guruh solisti Axl Rose yozgan.

„November Rain“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 xit-paradida uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Salkam toʻqqiz daqiqaga yaqin vaqtga choʻziluvchi tarona oʻsha paytda Hot 100 xit-paradi yuqori oʻntaligiga kirgan eng uzun qoʻshiq boʻlgan. Hozirgi paytda esa qoʻshiq Hot 100 xit-paradiga kirgan toʻrtinchi eng uzun qoʻshiq hisoblanadi[5]. Shuningdek, ashula Portugaliya singllar xit-paradida ikkinchi, Birlashgan Qirollik singllar xit-paradida toʻrtinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, bir necha davlat xit-paradida eng yuqori oʻntalikka kirgan.

Qoʻshiq uchun Andy Morahan rejissorligida klip suratga olingan[6]. Klipda asosiy qahramonlarni Rose va amerikalik aktrisa Stephanie Seymour jonlantirgan. Qoʻshiq klipi tarixdagi eng qimmat musiqiy kliplardan biri hisoblanadi[7]. 2018-yilning iyulida klip YouTubeda bir milliard martadan oshiq koʻrilishi ortidan bunday natijaga erishgan hamda YouTube yaratilishidan oldin yaratilgan birinchi videoga aylangan[8][9].

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guns Nʼ Roses

Qoʻshimcha musiqachilar

  • Stuart Bailey — bek-vokal, xor
  • Shannon Hoon — bek-vokal, xor
  • Johann Langlie — sintezator
  • Reba Shaw — bek-vokal, xor

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Thompson, Stephen. „Hear A Never-Before-Heard, Piano-Only Demo Of Guns N' Roses' 'November Rain'“. NPR (28-iyun 2018-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2020-yil.
  2. Newbould, Chris „Review: Guns N' Roses start well, then, well...“. The National (29-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  3. Bernstein, Scott „THE B List: Favorite Hair-Metal Power Ballads“. Glide Magazine (4-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.
  4. Steven Wilson [@stevenwilsonhq]. „I mixed the new 2022 version of the @gunsnroses classic 'November Rain'“ (5-noyabr 2022-yil).
  5. „The Longest & Shortest Hot 100 Hits: From Kendrick Lamar, Beyonce & David Bowie to Piko-Taro“. Billboard. Qaraldi: 3–noyabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. „Guns 'n' Roses – "November rain"“. mvdbase.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „SoYouWanna.com - Learn What You Wanna Do“. Soyouwanna.com. 2006-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Thompson, Stephen. „'November Rain' Is The Oldest Song With A Billion YouTube Views – What's That Mean?“. NPR (18-iyul 2018-yil). Qaraldi: 25-avgust 2018-yil.
  9. Milman, Lilly (16–iyul 2018–yil). „Guns N' Roses Break YouTube Record With 'November Rain' Video: Report“. Billboard. Qaraldi: 30–dekabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()