Haydar masjidi
Masjid | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Boku |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Shirvon-Absheron me'morchilik uslubi |
Binokorlik | 2012—2014 |
Asosiy sana: | |
Holati | amaldagi |
![]() |
Koordinatalari: 40°25′45″N 49°49′28″E / 40.42917°N 49.82444°E G O
Haydar masjidi (ozarbayjoncha: Heydər Məscidi) — Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev[1] nomidagi masjid, Boku shahrining Binaqadi tumanidagi masjiddir.[2]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haydar masjidini qurish buyrug‘ini Haydar Aliyevning o‘g‘li va vorisi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2012-yil o‘rtalarida bergan edi. Qurilish ishlari 2012-yil sentabr oyida boshlangan va 2014-yil oxirida rekord muddatda yakunlangan.
2014-yil 26-dekabr kuni masjidning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Ozarbayjon Respublikasi rahbari Ilhom Aliyev, uning rafiqasi Mehribon Aliyeva, Shimoliy Kavkaz muftiylari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi va Qorachoy-Cherkasiya muftiysi Ismoil Berdiev, Rus pravoslav cherkovi Boku va Ozarbayjon yeparxiyasi rahbari - Aleksandr ota, Boku tog‘ yahudiylari diniy jamiyati raisi Melih Yevdayev, Kavkaz musulmonlari idorasining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatli vakili Shafikir Pshixachev va Kavkaz musulmonlari idorasi shayx ul-islomi Allohshukur Poshozoda ishtirok etgan[3].
Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjidning umumiy maydoni atrofi bilan birga 12 000 m² ni tashkil qiladi. Masjidning maydoni 4200 m². Fasadi Shirvon-Absheron me'morchiligi uslubidagi maxsus tosh bilan qoplangan. To‘rt minoraning har birining balandligi 95 metrni tashkil qiladi. Masjid ichkarisida maxsus bezak elementlaridan foydalanilgan bo‘lib, gumbaz chetlarida Qur’oni Karim oyatlari o‘yib yozilgan. Bosh gumbazning balandligi 55 metr, ikkinchi gumbazning balandligi 35 metr.
Masjid manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid Boku shahri, Binaqadi tumani, Hamza Babashov ko‘chasi, AZ 1107 manzilida joylashgan[4].
Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ mir24.tv: В Баку открыли мечеть Гейдара
- ↑ „В мечети Гейдара идут отделочные работы“. 28-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
- ↑ „Президент Азербайджана Ильхам Алиев принял участие в открытии мечети Гейдара в Баку ВИДЕО“ (ru). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Мечети и минареты - Мечеть Гейдара“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.