Topishmoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jumboqdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Topishmoq — xalq ogʻzaki poetik ijodining eng qad. va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. T.larda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urfodatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. T.da yechilishi mumkin boʻlgan soʻroq majoziy shaklda ifodalanib, uning maʼnosi yashirincha boʻladi. T.da narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga oʻxshatish, oʻzaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. T.lar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Mac, "Bir parcha patir, olamga tatir" (Oy); "Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan (qor); "Past osmondan qor yogʻar" (elak). Ayrim T.lar maqol xususiyatiga ham ega boʻladi. Mac, "Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch" (igna). T.da metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Mac, "Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich" (igna), "Yer tagida oltin qoziq" (sabzi), "Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam" (yer) kabi. T. aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. T.dan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. "Oshiq Oydin", "Oshiq Alvand", "Xirmon Dali", "Yozi bilan Zebo", "Alpomish" va boshqa dostonlarda, "Podsho bilan donishmand chol" ertagida T. namunalari bor. T. bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Topishmoq" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil