Harry Edward Kane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Kane
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Harry Edward Kane[1]
Tavallud sanasi 28-iyul 1993-yil (1993-07-28) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Walthamstow, London, Angliya
Boʻyi 6 feet 2 inches (1.88 m)[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tottenham Hotspur
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2001 Ridgeway Rovers
2001—2002 Arsenal
2002—2004 Ridgeway Rovers
2004 Watford
2004-2009 Tottenham Hotspur

Harry Edward Kane (talaffuzi: Garri Edvard Keyn; 1993-yil 28-iyulda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, „Tottenham Hotspur“ futbol klubida hujumchi va Angliya terma jamoasi sardori. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning yanvar oyida Harry Kane Portugaliyada boʻlib oʻtadigan yoshlar turniriga Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan[4]. Keyinchalik u 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga qoʻshilgan va 2010-yil 8-oktyabrda albanlar darvozasiga ikki marta gol urgan[5]. Kane Angliya terma jamoasining 2012-yilning iyulida Estoniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqishida katta hissa qo‘shgan. Shunday qilib, hujumchi Fransiya terma jamoasining guruh bosqichida hal qiluvchi golni kiritgan va bu turnirning pley-off bosqichiga oʻtishni taʼminlagan.

2013-yilning 28-mayida Kane Angliya U20 terma jamoasining 2013-yilgi tengdoshlar kubogi tarkibiga kiritilgan. U 16-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Iroqqa qarshi oʻyinda golga assistentlik qilgan. Va Chiliga qarshi oʻyinda gol urgan.

2013-yil 13-avgustda Kane Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida debyut qilgan, Shotlandiyaga qarshi oʻyinda 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi 2015-yilgi Yevropa chempionati saralashida ham ishtirok etgan. 2015-yil 28-martda u Litvaga qarshi oʻyinda Angliya asosiy jamoasi safida debyut qilgan, 72-daqiqada Wayne Rooney oʻrniga maydonga tushgan va 73-daqiqadayoq terma jamoadagi ilk golini urgan[6]. Kane uchun birinchi yirik turnir EURO-2016 boʻlgan, ammo turnir inglizlar uchun omadsiz kechgan va Kane hech qanday tarzda oʻzini koʻrsata olmagan.

Kane Qatarda 2022-yilgi jahon chempionatida

JCh-2018 boshlanishidan oldin u ushbu turnir uchun Angliya terma jamoasi sardori etib saylangan. U oltita gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Oʻyin Gol
Angliya 2015 8 3
2016 9 2
2017 6 7
2018 12 8
2019 10 12
2020 6 0
2021 16 16
2022 12 4
Jami 79 52

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andoza:Hugman
  2. „Harry Kane“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.
  3. „Harry Kane: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  4. „U17 squad announced“. Thefootballnetwork.net (2010-yil 23-yanvar). 2010-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.
  5. „England U19 6 Albania U19 1“. england-mad.co.uk (2010-yil 8-oktyabr). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.
  6. „England 4-0 Lithuania“ (en). BBC Sport (2015-yil 27-mart). 2015-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-mart.