Harakat qaydi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bir xil harakatni amalga oshirayotgan ikki pianinochining oʻng qoʻl harakat qaydi (sekinlashtirilgan harakat, tovushsiz)[1]

Harakat qaydi (inglizcha motion capture, baʼzan mo-cap yoki mocap shaklida qisqartiriladi) obyektlar yoki odamlarning harakatlanishini qayd etish jarayonidir. U harbiy, koʻngil-ochar, sport, tibbiy ilovalar va robototexnika uchun qoʻllaniladi. Film va video oʻyinlar ishlab chiqishda, harakat qaydi inson aktyorlarning xatti-harakatlarini qayd qilib boradi va bu maʼlumotdan 2D yoki 3D kompyuter animatsiyasida raqamli qahramonlar modellarini jonlantirishda foydalanadi. U yuz va barmoqlarni yoki koʻz ilgʻamas ifodalarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, koʻpincha performance capture deb ataladi. Koʻpgina sohalarda harakat qaydini baʼzan harakat trekingi deb atash mumkindir.

Harakat qaydi seanslarida, bir yoki undan oshiq aktyorlarning harakatlaridan soniyasiga koʻp martalab namuna olinadi. Dastlabki texnikalar 3D-pozitsiyani hisoblashda koʻplab kameralardan olingan tasvirlardan foydalangan boʻlsa-da, koʻp hollarda harakat qaydining asosiy maqsadi faqat aktyorning vizaul koʻrinishini emas, balki uning harakatini yozish boʻlgan. Bu animatsiya maʼlumotlari 3D modeliga xarita qilinadi, shu sababdan model aktyor bilan bir xil ketma-ketlikdagi harakatlarni bajaradi.

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]

  1. Goebl, W.; Palmer, C. (2013). Balasubramaniam, Ramesh. ed. "Temporal Control and Hand Movement Efficiency in Skilled Music Performance". PLoS ONE 8 (1): e50901. doi:10.1371/journal.pone.0050901. PMID 23300946. PMC 3536780. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3536780.