Nuriddin Hamroqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamroqulov Nuriddindan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Nuriddin Hamroqulov (1946.18.6, Andijon) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi. Toshkent teatr va ras-somlik sanʼati institutida taʼlim olgan (1971—73). Ijodiy faoliyatini Andi-jon teatrish boshlab (1967 — 73), Haydar ("Nurxon"), Ravshan ("Ravshan va Zulxumor") kabi obrazlarni yaratgan. Anʼanaviy va zamonaviy xonandalik yoʻllarini Oʻ.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan oʻrgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—93). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-gʻullangan. Reper-tuaridagi mumtoz ("Samarqand Ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi"), zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Talqinroz", "Oq qush", R.Yusupov va boshqalar) hamda oʻzi bastalagan ("Olamni saqlang", "Raʼno", "Soy koʻrdim", "Shirinliging", "Kuldi bahorim" kabi) qoʻshiqlari taʼsirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fo-notekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil