Fonoteka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fonoteka (fon... va yun. theke — narsalar saklanadigan joy), fonogramarxiv — muayyan tartibda saklanadigan ovoz (musiqali, adabiy, hujjatli, maxsus oʻquv va boshqalar) yozuvlari (fonogrammapar) toʻplami, ovoz yozuvlarini toʻplovchi, qayta ishlovchi, saklovchi muassasa. Yevropada 19-asr oxiri — 20-asr boshida yuzaga kelgan (Avstriya FA F.si, 1899; Berlin psixologiya instituti F.si, 1900 va boshqalar). Universal hamda ixtisoslashtirilgan (mas, kinostudiyalardagi) F.lar mavjud. Oliy, oʻrta maxsus (ayniqsa, musiqa, teatr, pedagogika va boshqalar) oʻquv yurtlarida oʻquv F.lar keng tarqalgan. Oʻzbekiston Oʻzteleradiokompaniyasining Radio uyi, Sanʼatshunoslik i.t. instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va boshqalarda yirik F.lar mavjud.