Hamroqul Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hamroqul Nosirov (1904.2.1, Jizzax tumani — 1978.7.10, Jizzax shahri) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori, 2 marta Mehnat Qahramoni (1956, 1978). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1966). 1944 yildan Jizzax tumanidagi "Moskva" shirkat xoʻjaligining (hozirgi H. Nosirov nomidagi jamoa xoʻjaligi) raisi. Nosirov rahbarligida jamoa xoʻjaligi ilgʻor, iqtisodiy baquvvat paxtakor, chorvador xoʻjalikka aylandi, paxtadan 40 s/ga dan oshirib hosil, sogʻin sigirlarning har biridan 4000 l dan ortiq sut olindi. Koʻplab turar joylar, jamoat, madaniyatmaʼrifat binolari, Hamid Olimjon muzeyi, xoʻjalikning "Shon-shuxrat" muzeyi qurildi. Aholi gaz, ichimlik suvi bilan toʻla taʼminlandi. Shirkat xoʻjaligi markazida Nosirovning byusti oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil