Artel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Artel — fuqarolarning bir-galikda xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadlarida tuzgan ixtiyoriy uyushmasi shakllaridan biri. Aksariyat hollarda A. atamasi mehnat jarayonlarini bir-galikda bajarish uchun tuzilgan shir-katlarga (baliq ovlash, q. x. artellari) yoki o‘z a’zolari mehnatini umumlashtir-may, qisman ishlab chiqarish vositalariga egalikni birlashtiruvchi uyushmalarga nisbatan qo‘llaniladi. Sobiq Ittifoqda yakka tar-tibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tovar ishlab chiqaruvchilar xo‘jaliklari (hunarmandlar, kosiblar va boshqalar) 20-y.larning boshidan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish asosida sotsialistik xo‘jalik yuritish yo‘liga o‘tkazilgan va q. x., hunarmandchilik, baliqchilik A.lari kabi jamoa xo‘jaliklari tuzil-gan edi. Ularning ishlab chiqarish rejalari dav-lat xalq xo‘jaligi rejasiga kiritilar edi. 80- yillar oxirida yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga doir qonunlar qabul qilingach, bunday A.lar o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Hozir baliq ov-lash, oltin izlash, kasanachilik, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida qisman A.lar saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil