Hamdam Qarshiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamdam Qarshiyev
Ҳамдам Қаршиев
O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari general-mayor
Mansab davri
2019
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Azizbek Ikromov
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i
Mansab davri
 – 2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shavkat Mamajonov
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi
Mansab davri
2017
Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari
Mansab davri
2016 – 2017
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari
Mansab davri
2013 – 2016
Prezident Islom Karimov
Transportda IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Mansab davri
2009 – 2013
Prezident Islom Karimov
Toshkent shahar Yakkasaroy IIB tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
Mansab davri
2009 – 2009
Prezident Islom Karimov
Olmazor tumani IIB navbatchi yordamchisi lavozimlarida ishlagan
Mansab davri
1992 – 2009
Prezident Islom Karimov
Olmazor tumani IIB patrul-post xizmati rotasi militsioneri
Mansab davri
1991 – 1992
Prezident Islom Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-sentyabr 1970-yil (1970-09-29) (53 yosh)
Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Taʼlim Toshkent davlat yuridik instituti
Unvoni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist

Hamdam Aliqulovich Qarshiyev (1970-yil, 29-sentyabr, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari polkovnik[1][2]. 1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — huquqshunoslik, boshqaruv mahorati. Mehnat faoliyatini 1987-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida boshlagan. 2015-yil 27-avgustida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga binoan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1991—1992-yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani IIB patrul-post xizmati rotasi militsioneri;
  • 1992—1997-yillarda shahar Olmazor tumani IIB navbatchi yordamchisi;
  • 1997—2001-yillarda — Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linma tergovchisi;
  • 2001—2004-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasi katta tergovchisi;
  • 2004—2007-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasi bo‘linma boshlig‘i;
  • 2007—2009-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari;
  • 2009-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy IIB tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i;
  • 2009—2013-yillarda Transportda IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i;
  • 2013—2016-yillarda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan;
  • 2016—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy taʼminlash departamenti direktori (bir vaqtning oʻzida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi ham)[3];
  • 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi[4];
  • 2018—2019-yillarda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni[5];
  • 2019—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i)[6][7][8];
  • 2021-yildan O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisining o‘rinbosari;
  • 2022-yildan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012-yilda „O‘R IIB aʼlochisi“ ko‘krak nishoni;
  • 2015-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist“ faxriy unvoni;
  • 2018-yilda III darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni;
  • 2019-yilda II darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni;
  • 2020-yilda I darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni;
  • 2020-yilda „Mehr-saxovat“ ko‘krak nishoni;
  • 2021-yilda „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“ ko‘krak nishoni;
  • 2021-yilda „Mudofaa vazirligi aʼlochisi“ ko‘krak belgisi;
  • 2021-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni
  • 2021-yilda II darajali „Shon-sharaf“ ordeni;
  • 2022-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi“ esdalik nishoni

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari almashdi“ (2019-yil 23-noyabr). 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  2. „Name index (by surname)“. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  3. „Adliya vaziri oʻrinbosari yangi lavozimga tayinlandi“ (2017-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  4. „Adliya vaziri o‘rinbosari IIVda yangi lavozimga tayinlandi“ (2017-yil 17-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  5. „Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (2019-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  6. „Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (2019-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  7. „Qurolli Kuchlar akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi“ (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  8. „КАРШИЕВ Хамдам Алигулович“. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.