Kontent qismiga oʻtish

Azizbek Ikromov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Ikromov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azizbek Isroilovich Ikromov
 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2026-yil 28-yanvardan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Botir Qudratxoʻjayev
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Mansab davri
2021-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Hotamov
Vorisi Davron Nazarmuhamedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1978-yil 10-iyun (1978-06-10) (47 yosh)
Toshkent
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Qoʻshin turi ichki xizmat
Unvoni General-mayor

Azizbek Isroilovich Ikromov (oʻzbekcha: Азизбек Исраилович Икрамов) — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

1978-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

19962000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.

20002017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasida bosh mutaxassislikdan bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.

2017-yil apreldan oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi.

20172019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari[1].

20192021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi.

20202021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari[2].

2021-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi[3].

2020-yil 26-noyabrdan 2023-yil 27-iyulgacha — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti[4].

2023-yil 27-iyuldan 2026-yil 28-yanvargacha Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi[5].

2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi[6][7].