Uvays Qaraniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uvays Qaraniy (657) - sufiylikdagi uvaysiya tariqati asoschisi. Muhammad davrlarida yashagan boʻlsa ham u zot bilan uchrashmagan. Rivoyatlarga koʻra, Muhammad Uhud togʻi etagidagi jangda (625 y.) muborak ikki tishlaridan ajralganlarida (boshqa manbalarga koʻra oldingi pastki jagʻlaridagi bir tishga tosh tegib maydalab yuborgan) bundan xabar topgan U.Q. Muhammad ga boʻlgan yuksak hurmati yuzasidan, ul zotga dushmanlar yetkazgan sitamni oʻzida sinash maqsadida avval bir tishini, soʻngra shubhaga oʻrin qolmasligi uchun oʻzining barcha tishlarini sugʻurib olgan. Muhammad unga sahobalar qatoriga qoʻshilishini taklif etgan. Muhammad vafoti oldidan hazrati Aliga xirqalarini U.Q.ga topshirishni vasiyat qilgan. U.Q. Ali ning Muoviya bilan boʻlgan Siffin jangida halok boʻlgan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, U.Q. Xoʻtanda vafot etib, shu yerga dafn etilgan.