György Orth

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
György Orth
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi György Faludi
Tavallud sanasi 1901-yil 30-aprel
Tavallud joyi BudapeshtVengriya
Vafot sanasi 1962-yil 11-yanvar
Vafot joyi PortuPortugaliya
Ampluasi Hujumchi

György Orth[1] (1901-yil 30-aprel, Budapesht — 1962-yil 11-yanvar,Portu), asl ismi György Faludi — vengriyalik futbolchi va murabbiy. Orth toʻqqizta mamlakatda ishlagan. Uchta terma jamoaga, shu jumladan, birinchi jahon chempionatida Chili terma jamoasiga murabbiylik qilgan. IFFIS tomonidan tuzilgan XX asrning eng yaxshi futbolchilari reytingida vengriyalik futbolchilar orasida 8-oʻrinni egallagan. 1924-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarining futbol musobaqasida ham ishtirok etgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

György Orth faoliyatini Budapeshtdagi yoshlar chempionatida ishtirok etuvchi ILK futbol klubida boshlagan. Baʼzi manbalarda esa faoliyatini oʻzi tugʻilib-oʻsgan joydagi „Vasas“ klubi safida boshlaganligi qayd etilgan[3]. ILK klubi qisqa vaqt davomida faoliyat yuritgan. Ammo shu vaqt davomida Vengriya terma jamoasi uchun bir qancha futbolchilarni yetkazib bergan.

Erjebetvarosh va Terezvarossh jamoalari tarkibida harakat qilgan. 15 yoshida Orth Vasas klubi safiga oʻtgan. Keyinchalik Orth qisqa muddatli ijara asosida Italiyaga joʻnab ketgan va „Piza“ klubi safiga borib qoʻshilgan. Lekin bir yildan kamroq vaqt oʻtgach, Budapeshtga qaytib kelib, Jimmy Hogan murabbiyligi ostidagi MTK klubi safiga qoʻshilgan. Ayni paytda MTK tarkibida Imre Schlosser, Alfréd Schaffer, József Braun kabi 1910—1920-yillarning „yulduzlari“ harakat qilar edi. Dastlab, Orth himoyaga qoʻyilgan. Himoya chizigʻida Gyula Feldmann va Gyula Mándi bilan birgalikda harakat qilgan. 1919—1920-yilgi mavsumda Schaffer klubni tark etgach, Orth hujumga oʻtkazilgan. Shu mavsumda 28 ta gol bilan toʻpurar boʻlgan. Orthh MTK safida 8 marta Vengriya chempioni boʻlgan va bir marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vengriya chempioni: 1918, 1919, 1920, 1921, 1922, 1923, 1924 va 1925-yillarda
  • Vengriya kubogi sohibi: 1923-yil
  • Vengriya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1920-yil (28 gol), 1921-yil (21 gol), 1922-yil (26 gol)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. V ispanoyazichnix istochnikax ego nazivayut Xorxe Ort Virt (ispancha: Jorge Orth Wirth)
  2. „György Orth“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  3. György Orth (Wayback Machine saytida 16 March 2017 sanasida arxivlangan) at nela.hu