Imre Schlosser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imre Schlosser
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Imre Schlosser-Lakatos
Tavallud sanasi 11-oktyabr 1889-yil
Tavallud joyi Budapest, Vengriya
Vafot sanasi 18-iyul 1959-yil(1959-07-18)
(69 yoshda)
Vafot joyi Budapest, Vengriya
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1905—1916 Ferencvárosi TC 155 (258)
1916—1922 MTK Hungária FC 125 (141)
1925—1926 Wiener AC 17 (6)
1926—1927 Ferencvárosi TC 14 (11)
1927—1928 Budai 33 9 (1)
Milliy terma jamoa
1906—1927

Vengriya milliy futbol

terma jamoasi
68 (59)
Boshqargan klublari
1922—1923 Vívó és Atlétikai Club
1923—1924 IFK Norrköping
1924—1925 Wisła Kraków
1925—1926 Wiener AC
1925—1926 Brigittenauer AC
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Imre Schlosser (talaffuzi: Imre Shlosser) (shuningdek, Imre Schlosser-Lakatos nomi bilan ham tanilgan; 1889-yil 11-oktyabr—1959-yil 18-iyul)—vengeriyalik futbolchi. Imre Schlosser hujumchi sifatida oʻynagan. Imre Schlosser Vengriya milliy chempionati tarixidagi eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Bu rekordini hozir ham saqlab turibdi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imre Schlosser János Schlosser va Maria Kettnerning oʻgʻlidir. Imre Schlosser „Ferencvárosi TC“ futbol klubi aʼzosi edi.1906-yil 25-fevralda Imre Schlosser klub safida ilk oʻyinini „Postás ellen“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (0-1) oʻtkazdi. Imre Schlosser sakkiz mavsumni „Ferencvárosi TC“ futbol klubi safida oʻtkazdi (1906—1915). U „Ferencvárosi TC“ futbol klubi bilan olti marta chempion boʻldi va olti marta ketma-ket liganing eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Imre Schlosser „Ferencvárosi TC“ futbol klubi bilan liga doirasidagi 155 oʻyinda maydonga tushib, jami 258 t5a gol urdi. Shuningdek, Imre Schlosser klub bilan 1912—1913-yilgi mavsumda Vengriya kubogini qoʻlga kiritdi[1]. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Imre Schlosser 1910—1911 (42), 1911—1912 (40) va 1912—1913 (42) va 1913—1914-yillardagi (36) mavsumlarida ketma-ket toʻrt marta Yevropaning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan. Toʻrt marta Yevropaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan birinchi futbolchi rekordini keyinchalik faqat Josef Bican va Lionel Messi takrorladi[2]. „FTC“ klubi rahbariyati bilan bahslashgandan soʻng, Imre Schlosser „MTK“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Ular bilan Imre Schlosser yana 6 marta Vengriya chempioni boʻldi. Keyin Imre Schlosser Avstriyadagi „Wiener AC“ futbol klubi safida bir mavsum oʻtkazdi. Shundan soʻng, Imre Schlosser „Ferencvárosi TC“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Maʼlumotlarga koʻra, Schlosser klubdagi faoliyati davomida 417 ta gol urgan va bu raqam Yevropa top-ligalaridagi barcha vaqtlarning oltinchi oʻrindagi eng yuqori koʻrsatkichi hisoblanadi[3]. Imre Schlosser „IFK Norrköping“ futbol klubini boshqargan edi[4].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imre Schlosser 1906-yil 7-oktabrda Vengriya milliy futbol terma jamoasi safida Chexiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (4:4 hisobida durang) faoliyatidagi ilk xalqaro oʻyinda maydonga tushdi. 20 yildan ortiq davom etadigan milliy terma jamoadagi faoliyatida Imre Schlosser Vengriya milliy futbol terma jamoasi safida 68 marta maydonga tushdi (jamoa Schlosserni maydonga tushirgan oʻyinlarning 70 foizida gʻalaba qozondi) va 59 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[5]. Imre Schlosser Avstriya, Fransiya, Shveytsariya, Germaniya va Rossiya kabi terma jamoalarga qarshi uchrashuvlarda Vengriya milliy futbol terma jamoasi safida 5 ta xet-trik qayd etdi[6][7].

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vengriya milliy futbol terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
1906-yil 2 1
1907-yil 4 0
1908-yil 4 3
1909-yil 5 7
1910-yil 3 2
1911-yil 7 12
1912-yil 10 16
1913-yil 3 1
1914-yil 5 3
1915-yil 4 2
1916-yil 3 2
1917-yil 5 4
1918-yil 4 3
1919-yil 1 0
1920-yil 1 0
1921-yil 4 2
1926-yil 2 0
1927-yil 1 0
Jami 68 58

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ferencvárosi TC - Budapesti AK 2 : 1, 1913.06.01“. magyarfutball.hu. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  2. „European Topscorers by Season“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  3. „Best League Goalscorers All-Time“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  4. „Magyar Életrajzi Lexikon 1000–1990“. www.mek.iif.hu.
  5. „Imre Schlosser-Lakatos - Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  6. „Olympic Football Tournament Stockholm 1912“. FIFA website. 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  7. „V. Olympic Games Consolation Tournament 1912 results“. football.eu. Qaraldi: 2022-yil 29-may.