Kontent qismiga oʻtish

Gulruh Pirnazarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulruh Pirnazarova
Tavalludi 10-oktyabr 1995-yil (1995-10-10) (28 yosh)
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi aktrisa
Millati oʻzbek

Gulruh Pirnazarova (1995-yil, 10-oktyabr; Qashqadaryo, Qarshi) —– Oʻzbekistonlik teatr, kino va dublyaj aktrisasi[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oilada 3 farzandning oʼrtanchasi boʼlib, bir akasi va bir nafar ukasi bor. Aktrisa Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Hozirda u Oʼzbekiston davlat drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kungacha aktrisa bir nechta film va seriallarda hamda kliplarda suratga tushgan. Gulruh Pirnazarova tomoshabinlarga, xonanda Begzod Haqqiyevning „Nega seni sevdim“ nomli klipidagi, rejissor Ozod Shamsning „Voydod 2“ filmidagi shuningdek „Iztirob“ nomli serialidagi rollari orqali tanilgan. Gulruh Pirnazarova hali turmushga chiqmagan. Hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiladi[2]. Gulruh aktrisalik faoliyatidan tashqari blogerlik faoliyati bilan ham shugʼillanadi. You tube, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi aktrisaning sahifalarida sheʼriy videolarni koʼrishingiz mumkin[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisaning Daryo muxbiriga bergan intervyusida u birinchi boʼlib aktrisa boʼlish istagini onasiga aytganligini, biroq otasi bu kasbni tanlashida qarshi boʼlganligini taʼkidlab oʼtgan. „Tanlov sabab sanʼatga mehr qoʼyganman“ – deydi aktrisa intervyularidan birida. Ilk marotaba maktabda oʼquvchilik paytlari oʼtkazilgan „Bahor malikasi“ tanlovida ishtirok etib, birinchilikni qoʼlga kiritgan, soʼngra sanʼatga qiziqishni boshlagan. Aktrisaning otasi uning boshlovchi boʼlishini xohlagan. „Hindi SHow“ dan boshlovchilik taklifi tushganida otasining istagini amalga oshirish uchun rozilik bildiradi va ushbu koʼrsatuv orqali nafaqat boshlovchilik, bundan tashqari aktrisalik va raqqosalik faoliyatini ham davom ettiradi. Institutni bitirgach, Gulruh Oʼzbekiston Davlat Drama teatrida faoliyatini ustozi Olimjon Salimov taklif qilgan Julyetta roli orqali davom ettiradi. Gulruh 13 yoshida hayotiy roman yozishni niyat qilganligi va uni 30 yoshida bitirish rejasi borligini, shu bilan birga kelajakda nafaqat filmlarda suratga tushishni, ularning ssenariysini yozishni ham maqsad qilganligini taʼkidlagan. Aktrisa „Muhabbat bahori“ filmidagi Zulfiya roli uchun oʼtkazilgan kastingdan tashqi koʼrinishi mos kelmaganligi sababli oʼtolmaydi. Ammo, dublyajdagi ustozi Komil Tursunboyevning taklifi bilan Zulfiyaxonim roliga ovoz beradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „“Yengiltak qiz rolini ijro etishni istamayman, chunki uni otam va aka-ukam ko‘radi”. Klip va seriallarda rollari bilan tanilayotgan Gulruh Pirnazarova bilan suhbat — Daryo Yangiliklari“. daryo.uz. 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  2. „Gulruh Pirnazarova haqida, oilasi, instagram rasmlari“. WWW.SAVOL.JAVOB.COM. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  3. „Gulruh Pirnazarova“. You Tube. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.