Gulora Rahimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gulora Rahimova (1948.25.3, Bogʻot tumani Bogʻot qishlogʻi) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1970). 1973 yildan Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida ishlaydi. U avval yakkaxon xonanda, keyinroq spektakllarda bosh rollarda chiqa boshlagan. Gulsanam (Uygʻun, "Beruniy"), Nurxon (Komil Yashin, "Nurxon"), Saidabegim (Shalomayev, "Ibn Sino"), Shohsanam (Ayyomiy, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Layli (Navoiy, "Layli va Majnun"), Munavvar (H. Muhammad, "Toshkentning nozanin malikasi"), Ketavani (N. Dumbadze, "Quyoshni koʻrayapman"), Ugʻiloy (K. Avaz, "Marvarid taqqan ayol"), Gulasal (P. Telegenov, "Toshlar tilga kirganda"), Toʻmaris (N. Salayev, "Toʻmaris"), Gulsumbonu (E. Samandar, "Arab Muhammadjon"), Durdava ("Avesto") kabi rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida "Feruz", "Samarqand ushshogʻi", "Faryod", "Guluzorim", "Dugoh", "Buxoro toʻlqini" kabi mumtoz hamda "Oʻzbekiston", "Vatan" kabi zamonaviy qoʻshiklar, laparlarning mohir ijrochisi R. haqida videofilm (rej. H. Qahramonov) suratga olingan (1999).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil