Gulchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gulchilik — gullimanzarali oʻsimliklarni bogʻ va xiyobonlarga, yoʻl yoqalariga ekish, binolar ichini bezash, guldastalar yasash maqsadlarida oʻstirish; dehqonchilik sohasi. Ochiq va isitiladigan yerdagi G.ka boʻlinadi. Ochiq yer (dala)dagi G.da bir yillik (qashqargul, itogʻiz, gulbeor, xushboʻy tamaki), ikki yillik (kapalakgul, boʻtakoʻz, chinnigul) va koʻp yillik (gulsapsar, pion, floks va b.) gullar oʻstiriladi. Isitiladigan yer (issiq,xona, oranjereya)dagi G.da nozik va chiroyli gullaydigan, yaproqlari hamisha yashil oʻsimliklar (lola, chinnigul, xrizantema, palma, fikus va b.) oʻstiriladi. G.ni ochiq va isitiladigan yerlarda qoʻshib olib borish yil davomida gul yetishtirishni taʼminlaydi.

Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda G. juda qad. tarixga ega. Amir Temur, Bobur yaratgan bogʻlarda gul oʻstirishga alohida eʼtibor berilgan (qarang Amir Temur bogʻlari).

Oʻzbekistonda gul va manzarali oʻsimlik koʻchatlari, qalamcha va urugʻlari hamda tuvaklarda ustiriladigan gullar yetkazib beradigan xoʻjaliklar, gul va koʻchat sotadigan maxsus "Toshkent gullari" firmasi tashkil etilgan. G. boʻyicha i. t. ishlarini R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. instituti olib boradi; malakali gulchilarni shu institut kolleji, shuningdek, Toshkent agrar unti tayyorlaydi. Gul urugʻlari, koʻchatlari, piyozlari yetishtiradigan maxsus gulchilik xoʻjaliklari bor (qarang Gul urutiligi).

Chet mamlakatlarda, ayniqsa, Yevropada G. rivojlangan. GFR, Niderlandiya, Italiya, Fransiya, Bolgariya va b.da G. iqtisodiyotning muhim tarmogʻini tashkil qiladi, uning mahsulotlari eksport qilinadi. Mac, Niderlandiya lola, nilufar, sunbul piyozlarini yetishtirishga, GFR atirgul va chinnigulni sanoat usulida yetishtirishga ixtisoslashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Remiskevich I. T., Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik, T., 1964; Ozolin P. K., Karamishina N. M., Uyda gul oʻstirish, T., 1967; Tavlinova G. K., Sveti v komnate i na balkone, L., 1985.

Lutfulla Abdurahmonov.