Gulsapsar
Gulsapsar (Iris sogdiana) — gulsapsardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Gulsapsar koʻp tarqalgan oʻsimlik boʻlib, uning bir necha yuzlab navlari mavjud. Ular gullarining rangi, hajmi va shaqli boʻyicha farqlanadi. Shulardan biri duragay gulsapsardir. Uning boʻyi 30—50 sm. Barglari qilichsimon yoki keng-qalami, eni 1,3 sm. Gulqoʻrgʻoni yirik (diametri 8—15 sm), toʻgʻri, chiroyli, uzun bargsiz gulbandlarda bir nechta (5—9 ta) dan joylashadi. 2— 3 guli bir vaqtda ochiladi, xushboʻy hidli. Rangi oq, sariq, pushti, xira qizil, zangori, binafsha va b. tusda boʻladi. Koʻsagi choʻziq, 6 qirrali, uz. 2—4 sm, uchida koʻsakning yarmiga teng keladigan tumshuqchasi bor. Gulsapsar tarqalgan joyiga (dengiz sathidan qancha balandlikda joylashganiga) qarab aprel dan iyunning boshiga kadar gullaydi. Gulsapsar 3—4-yilda ildizpoyani boʻlib ekish yoʻli bilan hamda urugʻidan koʻpayadi (yovvoyi turlar). Bahorda — kuzda eqiladi. Gulsapsar adirlarda va togʻlarda, sernam yerlarda oʻsadi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |