Kontent qismiga oʻtish

Guglielmo Vicario

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guglielmo Vicario
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guglielmo Vicario
Tavallud sanasi 7-oktyabr 1996-yil (1996-10-07) (27 yosh)
Tavallud joyi Udine, ItaliyaItaliya bayrogʻi
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013-2014 Italiya bayrogʻi Udinese
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2016
2016-2019
2019-2022
2022-2023
2023-
Italiya bayrogʻi Udinese
Italiya bayrogʻi Venetsiya
Italiya bayrogʻi Cagliari Calcio
Italiya bayrogʻi Empoli
Angliya bayrogʻi Tottenham Hotspur FC
0
42
4
31
38
(0
-50
-6
-39
-61)
Milliy terma jamoa
2024- Italiya bayrogʻi Italiya milliy terma jamoasi (2 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Guglielmo Vicario (italyancha: Guglielmo Vicario ; 1996-yil 7-oktyabrda tugʻilgan, Udine, Italiya) – italiyalik futbolchi, "Tottenham Hotspur FC" klubi darvozaboni[1].

Guglielmo Vikario Ancona Udine va Udinese klublari bitiruvchisi. 2014-yil 2-avgustda u Fontanafreddaga ijaraga berilgan[2]. U klub uchun debyutini 7-sentyabr kuni „Union Arzignanochiampo“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[3]. U 21-sentyabr kuni Jorjionega qarshi oʻyinda birinchi marta quruq oyin oʻtkazgan[4]. U klub safida jami 30 ta oʻyin oʻtkazib, 44 ta gol oʻtkazib yuborgan va 4 ta oʻyinda maydonga tushgan[5].

2015-yilning 7-avgustida Venetsiyaga ijaraga oʻtgan[2]. U klubdagi birinchi oʻyinini Droga ga qarshi oʻtkazgan va u erda birorta ham gol oʻtkazib yubormagan[6]. 2016-yil 5-iyulda Venetsiya tomonidan 500 yevroga sotib olingan[2]. Padova futbol klubiga qarshi oʻyinda u haqorat uchun qizil kartochka olgan[7]. Barmogʻi jarohati tufayli u 39 kunni oʻtkazib yuborgan[8]. U klub safida jami 89 ta oʻyin oʻtkazib, 92 ta gol oʻtkazib yubordi va 28 ta oʻyinni oʻtkazib yuborgan[5].

2019-yilning 17-iyulida u 2 million yevro evaziga "Cagliari Calcio" ga oʻtgan, biroq 8 kundan soʻng „Perudja“ ga ijaraga yuborigan[2]. U klub uchun debyutini 11-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Triestina futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u yerda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan[9]. B seriyada u birinchi oʻyinini „Kyevo“ ga qarshi oʻtkazgan[10]. U klub safida jami 39 ta oʻyin oʻtkazib, oʻz darvozasidan 49 ta gol oʻtkazib yuborgan va 10 ta quruq oyin oʻtkazgan[5].

U "Cagliari Calcio" safida Italiya kubogida „Kremoneze“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan va darvozani daxlsiz saqlashga yordam bergan[11]. A Seriyada uning debyuti 2021-yilning 11-aprelida "Inter Milan" ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan[12]. Hammasi boʻlib u klub uchun 7 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol oʻtkazib yuborgan va ikki martda oʻz darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan[5].

2021-yil 9-iyulda u Empoliga ijaraga oʻtgan[2]. U klub uchun Italiya kubogidagi ilk oʻyinini Vichensaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[13]. „Empoli“ uchun A Seriyadagi debyut uchrashuvi 1-turda "SS Lazio" ga qarshi boʻlib oʻtgan[14]. U keyingi turda birinchi quruq oʻyinini "Juventus FC" futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[15]. 2022-yilning 1-iyulida „Empoli“ darvozabonni 8,5 million yevroga sotib olgan[2]. 2023-yilning 3-martida u koʻkrak qafasidagi jarohat olgan va 57 kunga safdan chiqgan[8].

2023-yil iyun oyida u "Tottenham Hotspur FC" ga oʻtgan, shartnoma 2028-yilgacha imzolangan[16].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 17-sentabrda u ilk bor Italiya milliy futbol terma jamoasiga chaqirilgan[17]. Keyin esa yana bir necha bor terma jamoaga zaxira darvozabon sifatida chaqirilgan[18].

2022-yil mart oyida Vikario Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan keyin Dnepr daryosidan qochgan 8 yoshli Milani va uning onasini Udinedagi uyida boshpana qilgan. Futbolchi bolakay uchun futbol maktabi qidira boshlagan va unga futbolkasini ham bergan. Ushbu harakatdan soʻng Goal Vikarioning „oltin yuragi“ borligini taʼkidladi[19][20]. 19-sentabr kuni Italiya milliy futbol terma jamoasi matbuot anjumanlaridan birining yakunida u „Sportda mehr-oqibatni yarataylik“ mukofoti sifatidagi harakati uchun esdalik futbolkasini olgan. (italyancha: Costruiamo Gentilezza nello sport)[21][22].

„Venetsiya“
  • D seriya gʻolibi (C guruhi): 2015/16
  • C seriya kubogi sohibi: 2016/17
  1. „Гульельмо Викарио“. transfermarkt.world. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Трансферная история“. transfermarkt.world. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  3. „Уньон Арциньянокьямпо — Фонтанафредда“. transfermarkt.world. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  4. „Джорджоне — Фонтанафредда“. transfermarkt.world. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Клубная карьера“. transfermarkt.world. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  6. „Дро — Венеция“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  7. „Венеция — Падова“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  8. 8,0 8,1 „Травмы“. transfermarkt.world. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  9. „Перуджа — Триестина“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  10. „Перуджа — Кьево“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  11. „Кальяри — Кремонезе“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  12. „Интернационале — Кальяри“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  13. „Эмполи — Виченца“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  14. „Эмполи — Лацио“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  15. „Ювентус — Эмполи“. transfermarkt.world. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  16. Берестова, Елизавета. „«Тоттенхэм» объявил о подписании итальянского вратаря Викарио“. Championat.com (2023-yil 27-iyun). 2024-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  17. FIGC. „Ventinove convocati per le gare con Inghilterra e Ungheria, prima chiamata per Provedel, Vicario e Mazzocchi“ (it). Federazione Italiana Giuoco Calcio (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  18. „Сборная Италии“. transfermarkt.world. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  19. „Guerra Russia-Ucraina, Guglielmo Vicario, la parata più bella: ospita una famiglia ucraina a casa sua“. www.eurosport.com (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  20. „Vicario cuore d'oro: sta ospitando una madre e un figlio ucraini | Goal.com Italia“ (it). www.goal.com (2022-yil 29-mart). 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  21. „Empoli, Vicario premiato per aver ospitato una famiglia ucraina“ (it). Virgilio Sport (2022-yil 19-sentyabr). 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  22. social „A Guglielmo Vicario il premio Costruiamo Gentilezza nello sport“ (it). Empoli FC (2022-yil 19-sentyabr). 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.