Grumbat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grumbat (4-asr) — qadimda Turonzaminning shim.da yashagan xioniylar podshosi. Mil. 353 yilda xioniylar G. boshchiligida Sugʻdga bostirib kiradilar. Soʻngra ular Oʻrta Osiyoga siyosiy tazyiqi kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan toʻqnashib, Shopur II ni yengganlar. Mil. 356 y. Shopur II Amid (Suriya) sh.ni qamal qilgan paytda G. ugli bilan unga ittifoqchi sifatida qatnashgan. Rim tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) ning yozishicha, bu jangda xioniylar shahzodasi, G.ning oʻgʻli halok boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil