Grinnell kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grinnell kolleji — Amerika Qo'shima Shtatlaridagi Ayova shtatida joylashgan xususiy libaral san'at kolleji . U 1846 yilda tashkil etilhan. U ochiq o'quv dasturiga ega, ya'ni talabalar o'zlari o'quv jadvallarini tayyorlashlari mumkin, aniq belgilangangan tartibga amal qilishlari majburiy emas.

Kollejning tahminan 48.5 gektar maydonga ega shaharchasi bir nechta tarixiy joylarni, shuningdek, Sezar Pelli talabalar markazi, integratsiyalashgan o'quv majmualari va atletika inshootlarini o'z ichiga oladi. [1] Kampusga tutashgan va tarixiy shahar markazidagi 365 gektarlik Konard ekologik tadqiqot maydoni Grinnell kolleji uchun kmuhim ko'chmas mulkdir. [2] [3]

Grinnell bitiruvchilari va o'qituvchilari orasida 16 Truman stipendiati, [4] 122 ta Fulbrayt granti sohibi, [5] va 1 ta Obama olimi bor. [6] Ushbu kollej o'quvchilari yoki bitiruvchilari Fulbrayt granti sohiblarining eng yaxshilaridir. [7] Uning bitiruvchilari orasida aktyor Gari Kuper, kimyo yo'nalishida Nobel mukofoti osrindori Tomas Chex, Intel asoschilaridan biri Robert Noys, jazz musiqachisi Gerbi Xankok, hukumat ma'muriGarri Xopkins va komediyachi Kumail Nanjiani bor.

1882 yilda Grinnell kolleji tornadoga uchradi va bu tornado o'z ortidan siklon olib keldi, shundan so'ng kollej yilnomasi nomlandi. Bo'ron kampusni vayron qildi va kollejning 2 ta binosini ham vayron qildi. Qayta qurish darhol boshlandi va kengaytirish faqat arxitekturadoirasida bo'lib qolmadi: o'quv rejasi siyosatshunoslik (AQShda bu yo'nalish birinchilardan bo'lib, Minnesota universitetining kafedrasida 1879 yilda Grinnelldan 3 yil avval tashkil etilgan [8] ). va zamonaviy tillar bo'limlarini ham qamrab olish uchun kengaytirildi.

Grinnell "Social Gospel" isloh qilish harakatining markazi sifatida tanildi[9] Robert Handi yozganidek, "Harakat Ayova (hozirgi Grinnell) kolleji kampusiga markazlashgan edi. Uning yetakchi namoyishchilari Jorj D.Herron va Prezident Jorj A.Geyts edi ". [10] Boshqalar kollej hayotining yengil tomoniga ishora qilishgan: Missisipi g'arbidagi birinchi kollejlararo futbol va beysbol o'yinlari Grinnellda o'tkazilgan va bu o'yinda mezbon jamoalar g'alaba qozonishgan.

  1. „Best Athletic Facilities | The Princeton Review“ (en). www.princetonreview.com. 2018-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  2. „Grinnell College Buys Downtown Properties, Plans Demolition of Vacant Building | Grinnell College“ (en). www.grinnell.edu. 2018-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  3. „Grinnell College Golf Course | Iowa Public Golf | Iowa Golf Course“ (en-US). Grinnell College Golf Course. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  4. „Search Our Scholars“. www.truman.gov. The Harry S. Truman Scholarship Foundation. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
  5. „Fulbright U.S. Student Program“. us.fulbrightonline.org. Institute of International Education, Inc.. 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyun.
  6. „Deqa Aden '18 Named 2022 Obama Scholar | Grinnell College“. www.grinnell.edu. Qaraldi: 2022-yil 28-oktyabr.
  7. „Small Versus Big Schools: Grinnell College and the University of Central Florida“ (en). Kiplinger (2015-yil 16-dekabr). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  8. „History“. Political Science. University of Minnesota. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  9. Morgan, J. (1969). "The Development of Sociology and the Social Gospel in America". Sociological Analysis (Oxford University Press) 30 (1): 42–53. doi:10.2307/3709933. 
  10. Handy, Robert (1950). "George D. Herron and the Kingdom Movement". Church History (American Society of Church History) 19 (2): 97–115. doi:10.2307/3162192. https://archive.org/details/sim_church-history_1950-06_19_2/page/97.