Gretsiya ommaviy axborot vositalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gretsiya Respublikasi
Ελληνική Δημοκρατία
Ellinikí Dhimokratía
ShiorΕλευθερία ή θάνατος (Eleutheria i thanatos)
(Yunoncha Ozodlik yo Oʻlim)
Madhiya: Ύμνος εις την Ελευθερίαν
(Ýmnos eis tin Eleftherían, yunoncha Ozodlikga madhiyasi)
Location of Gretsiya ommaviy axborot vositalari
Poytaxt Afina
Rasmiy til(lar) Yunoncha
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Katerina Sakellaropoulou
Kyriakos Mitsotakis
Mustaqillik (Ottomon Imperiyadan)
• Sana
25-mart 1821
Maydon
• Butun
131,957 km2 (97-oʻrin)
• Suv (%)
0,86
Aholi
• 2011-yilgi roʻyxat
10,432,481[1] (89-oʻrin)
• Zichlik 79,1/km2
YIM (XQT) 2021-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$182,830 mil. (52-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$18,584
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma GR
Telefon prefiksi 30
Internet domeni .gr

Gretsiyaning ommaviy axborot vositalari tarkibiga televideniye, radio va bosma nashrlar (gazeta, jurnal va hkz) kiradi va Gretsiya Konstitutsiyasi mamlakatdagi OAVning soʻz erkinligini taʼminlaydi[2].

2010 — 2015-yillar davomida iqtisodiy va moliyaviy inqiroz davrida Gretsiyada matbuot erkinligi keskin pasayib ketdi. 2009-yilda „Chegara bilmas muxbirlar“ tashkilotining matbuot erkinligi indeksida mamlakat OAVsi reytingi 35-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2014-yilda eʼlon qilingan indeksdagi mamlakatning reytingi 99-oʻringa tushib ketdi. Iosifidis va Bukas tomonidan 2015-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Gretsiyaning „Eng keskin inqirozga duch kelgan ommaviy axborot vositalari“ sifatida Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlardan biri hisoblangan.

Qonunchilik bazasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻz erkinligi Gretsiya Konstitutsiyasida 1975-yildan mamlakatda fuqarolik boshqaruvi amalga oshgandan keyin kafolatlangan. 14-moddaga koʻra, har kim qonunlarga muvofiq oʻz fikrini ogʻzaki, yozma va OAV orqali bayon qilishi mumkin. Xuddi shu moddada matbuot erkinligi, senzura va bosma nashrlarga taqiq qoʻyish belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatdagi ommaviy axborot vositalariga egalik qilish, moliyalashtirish mumkinligi nazarda tutiladi [3].

15-moddada aytilishicha, „Matbuotni himoya qilish qoidalari filmlar, ovoz yozuvlari, radio, televideniye, nutq yoki tasvirni uzatish uchun boshqa shunga oʻxshash vositaga nisbatan qoʻllanilmaydi. Radio va televideniye davlatning bevosita nazorati ostidadir. Nazorat qilish va maʼmuriy jazo qoʻllash mustaqil organ boʻlgan NCRTVning mutlaq vakolatiga kiradi“.

Ushbu qonun qoʻrquv, zoʻravonlik va jamoat tartibsizliklarini qoʻzgʻatuvchi eshittirishlarni, shuningdek, odobsiz, diniy eʼtiqodni kamsituvchi yoki siyosiy tizimga qarshi zoʻravonlikka chaqiruvchi nashrlarni cheklaydi. Tuhmat va haqorat – qamoq jazosi bilan jazolanadigan jinoyatlardir [4].

Mamlakat matbuoti birinchi navbatda 1092/1938-sonli qonun bilan tartibga solinadi va u shaxsiy daxlsizlikni hurmat qilish, yangiliklarni yetkazish, shuningdek, tuzatishlarni nashr etish majburiyatlarini oʻz ichiga oladi. Matbuot turli fikrlarni hurmat qilishga va ommaviy vahima qoʻzgʻatmaslikka harakat qiladi [5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.tovima.gr/files/1/2011/07/22/apografh22.pdf
  2. Thomas Van Der Heijden, Media landscape in Greece must reform quickly (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), Euroscope, 28 November 2014
  3. Maria Kontochristou and Nagia Mentzi, Greece #Media Legislation, Media Landscapes, European Journalism Centre, 2010
  4. Greece (Wayback Machine saytida 2017-06-22 sanasida arxivlangan), Freedom House report 2015
  5. Maria Kontochristou and Nagia Mentzi, Greece #Print Media, Media Landscapes, European Journalism Centre, 2010