Kontent qismiga oʻtish

Govzabon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Govzabon
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Anchusa italica

Govzabon, hoʻkiz tili (Anchusa italica Retz.) — kampirchopondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, tikanli, tik usadi, boʻyi 40—100 sm. Barglari qalin tuksimon tikanlar bilan qoplangan; ildiz yonidagi barglari yirik, choʻziq-ellipssimon, poyadagilari — bandsiz, nashtarsimon. Gullari havorang, yirik roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — uch qirrali yongʻoqcha. Oʻq ildizi yoʻgʻon, sershox. May—avgustda gullaydi va meva tugadi. Urugʻidan koʻpayadi. Qurgʻoqchilikka chidamli. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Gʻoʻza, beda, gʻalla ekinlari orasida, shuningdek, yoʻl yoqalari tashlandiq yerlar, bogʻlar va ariq boʻylarida oʻsadi. Kurash choralari: ekinlarni oʻtoq qilish; gʻalla ekinlari maydonlarini oʻrimdan keyin 6—8 sm chuqurlikda yumshatish; shudgor qilish; gerbitsidlar purkash.

Garden anchusa (lat. Anchusa azurea)
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil