Purkash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Purkash — qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda oʻrmonzorlarni zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishda maxsus purkagichlar bilan pestitsid eritmalarini sepish, shuning-dek, defoliatsiya va desikatsiya qilish usuli. P. uchun turli xil preparatlarning suv yoki boshqa erituvchilardagi emulsiya va suspenziyalaridan foydalaniladi. P. uchun olingan suyukliklar barqaror va yopishqoq boʻlishi, ishlov berilgan sathni bir tekisda hoʻllab tarqalishi kerak. Suyuq preparatlarning yopishqokligi va satxda ushlanib turish darajasini oshirish uchun ularga har xil moylar (quriydigan glitseridlar, kalsiy sulfati va boshqalar) qoʻshiladi. P. muddatlari zararkunanda va kasallik qoʻzgʻatuvchilarning biologik xususiyatlari hamda ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. P. changitishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: ishlov berilgan satxda preparatning bir tekisda taqsimlanishi va yopishib ushlanib turishini taʼminlaydi; ob-havo sharoitlariga kamroq bogʻliq boʻladi. Kuchli shamol paytida P. mumkin emas, preparat chetga uchib, muhitning ifloslanishiga sabab boʻladi; havo harorati 27° dan yuqori boʻlganda P. oʻsimliklarni kuyishga olib keladi. Shuning uchun P.ni erta bilan yoki kechki salqinda oʻtkazish tavsiya etiladi. Issiqiqlim sharoitida samolyotlar bilan kichik hajmli P.man qilinadi.

Sulton Alimuhamedov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil