Ginowan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ginowan

宜野湾市
Skyline of Ginowan
Ginowan
Bayroq
26°16′53.4″N 127°46′42.7″E / 26.281500°N 127.778528°E / 26.281500; 127.778528 G OKoordinatalari: 26°16′53.4″N 127°46′42.7″E / 26.281500°N 127.778528°E / 26.281500; 127.778528 G O
Mamlakat Yaponiya
Prefektura Okinawa
Orol Kyushu
Hukumat
 • Mer Atsushi Sakima
Asos solingan 1962-yil, 1-iyul
Maydon 1,970 km2 (760 mi²)
Aholisi
93,881 kishi (2 014)
Zichligi 4765,53 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 098
Pochta indeks(lar)i 901-2710
Kod 47205-1
Ginowan xaritada
Ginowan
Ginowan

Ginowan (yaponcha: 宜野湾市 Ginowan-shi?) (Okinawan: ジノーン, lotin harflarida: Jinōn[1]) Yaponiyaning Okinawa prefekturasida joylashgan shahar. 2012-yil holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 40,041 ta xonadonga 94,405 ta kishi, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 4,838.8 ta kishi toʻgʻri keladi[2]. Umumiy maydoni 19.51 km2.

Ginowan shahri gʻarbda Chatan, shimolda Okinawa shahri, janubda Urasoe va sharqda Nishihara bilan chegaradosh.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginowan Ikkinchi jahon urushida jiddiy zarar koʻrgan. Urushdan keyin, shahar hududining yarmi AQSh harbiylari foydalalanishlari uchun ajratilgan. Ginowanning Nodake hududida qochqinlar lageri qurilgan. Qochqinlar lageri aholisi soni keskin oʻsgan va hudud nomi Nodake shahri deb oʻzgartirilgan. Amerika bosqinchi kuchlari 1946-yilda Nodake shahrini rasmiy ravishda bitirgan va hududni Ginovan qishlogʻiga aylantirgan. Keyinchalik, AQSh bosqinchi organlari Ginowanning asosiy hududlarini harbiy bazalarni qurish uchun musodara qilgan. Hudud harbiy bazalari Nodaka va Futenmada joylashgan bazaviy shaharchaga aylangan[3].

Ginowanning qariyb 33 foizi Yaponiya va Amerika oʻzaro mudofaa kelishuviga binoan Yaponiya Mudofaa vazirligi tomonidan AQSh harbiy bazasi sifatida foydalanish uchun ijaraga berilgan va dengiz piyodalari korpusining Foster lagerining bir qismiga mezbonlik qilgan. Ginowan 1962-yil 1-yulda shahar maqomiga koʻtarilgan.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginowandagi tropik plyaj

Ginowan Okinawa janubida joylashgan boʻlib, Sharqiy Xitoy dengizi boʻylab orolning gʻarbiy sohilida joylashgan[3][4]. Shahar Ryukyuan ohaktoshli biroz qiyalashgan qirgʻoq terasida joylashgan[4]. Shaharning 38 foizi AQShning harbiy bazalari tomonidan egallangan[3].

Qoʻshni munitsipalitetlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soat yoʻnalishi boʻyicha shimoldan boshlab Ginowan shahri Okinawa prefekturasining quyidagi munitsipalitetlari bilan chegaradosh:

Shaharning diqqatga sazovor joylariga ikkita qal’a xarobalari kiradi.

Atrof-muhit monitoringi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya rasmiylari 2013-yil oktabr oyida koʻmilgan madaniy boyliklarni qidirish uchun AQSh ruxsati bilan bazaga kirganlarida oʻnlab tashlab ketilgan metall barabanlarni topganlar, rasmiylar bu haqida Ginowan shahri meriga 2014-yilning martigacha xabar berishmagan. „Tuproqda gʻayrioddiy hid yoki rang oʻzgarishi“ aniqlanmagan va „baza atrofida yashovchi aholi tomonidan“ sogʻliqga oid muammolar faol ravishda xabar qilinmagan. Ginowan shahar hukumati Yaponiya mudofaa vazirligini „atrof-muhitning ehtimoliy taʼsirlarini“ tekshirishga chaqirgan. Yaponiya Mudofaa vaziri Itsunori Onodera, 2014-yil 18-mart haftasida tuproqda atrof-muhitni oʻrganishni rejalashtirgan holda, „AQSh va Ginowan shahri bilan hamkorlikda tegishli choralarni koʻramiz“ degan. Qoʻshma Shtatlar Yaponiyaga qaytish rejalashtirilmagan AQSh bazalarida atrof-muhitni tekshirishga kamdan-kam ruxsat beradi[5].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginowandagi Taimo taro dalalari

Ginowan iqtisodiy jihatdan Qoʻshma Shtatlar armiyasiga qaram boʻlgan. Ginowan shahri taroning, xususan, Okinawa oshxonasida ishlatiladigan taimoning (田芋) vatani hisoblanadi. Taimo Ginowanning asosiy mahsuloti boʻlib qolsa-da, urushdan keyingi davrda shaharda qishloq xoʻjaligi sezilarli darajada pasayib ketgan. Okinawa orolidagi boshqa munitsipalitetlar singari, shahar Yaponiyaning orollarida sotish uchun kesilgan gullar yetishtiradi.

Sanʼati va madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Okinawa konferensiya markazi Ginowan shahrida qurilgan va koʻplab xalqaro konferensiyalarga mezbonlik qilgan. Shuningdek, shaharda Okinawa prefekturasidagi Ginowan Marina, Ginowan shahar muzeyi va Sakima sanʼat muzeyi joylashgan[4].

Tarixiy joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Motobu Udun maqbarasi, ichki hovli

Soʻnggi oʻn yilda Ginowan shahridagi bir nechta toshbaqa toshi shaklidagi qabrlar akademik jihatdan oʻrganildi. Baʼzilari Ginowanning Ganeko shahridagi Motobu Udun maqbarasi kabi Ginowan shahrining madaniy boyliklari sifatida tanilgan. Motobu Udun maqbarasi qirol oilasi va oʻsha davrdagi Ginowan okrugi oʻrtasidagi aloqalar, qadimiy toshbaqa toshi shaklidagi qabrlarning qurilishi va ularning oʻzgarishi haqidagi tadqiqotlarda muhim rol oʻynaydi. 2021-yil 25-fevralda Motobu Udun maqbarasi Ginowan shahri tomonidan Ginowan tumani va oʻsha vaqtdagi qirol avlodlari oʻrtasidagi aloqalarni ochib beruvchi qimmatli material deb topilib, tarixiy-madaniy obida sifatida belgilangan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginowanda sobiq Okinawa xalqaro universiteti Junior kolleji joylashgan boʻlgan.

Hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginowan 28 ta saylangan aʼzodan iborat shahar assambleyasi tomonidan boshqariladi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginowanni Kyushyu, Tanegashima, Amami Oshima va Okinawa hududlari boʻylab oʻtgan 58-sonli Yaponiya milliy yoʻnalishi, shuningdek, Okinawa shahri va Naha prefekturasi poytaxtini bogʻlaydigan 330-sonli Yaponiya milliy yoʻnalishi kesib oʻtadi. Ikkala magistral ham AQSh harbiy bazalari atrofidan oʻtadi. Nago shahrini Naha bilan bogʻlaydigan Okinawa ekspress yoʻli Ginowanning sharqiy chegarasi boʻylab oʻtadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Okinawago jiten, Kokuritsu Kokugo Kenkyūjo, 国立国語研究所 (ja), Tōkyō: Zaimushō Insatsukyoku, 2001-03-30 — 549 bet. ISBN 4-17-149000-6. OCLC 47773506. 
  2. „Japan to inspect soil at U.S. base in Okinawa for contamination“. 2014 GlobalPost – International News (2014-yil 14-mart). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 "Ginowan". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. <!--->
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 "宜野湾(市)" (ja). Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika). Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 153301537. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. <!--->
  5. „arxiv nusxasi“ [Age, Sex, and Population Statistics] (ja) (PDF). Ginoway, Okinawa Prefecture, Japan: City of Ginowan (2012). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-yanvar.