Gidrokortizon
Gidrokortizon, kortizol -odam, maymun va itlarning buyrak usti bezi poʻstloq qavatida xolesteshidan hosil boʻladigan steroid gormon. Organizmdan asosan siydik bilan ajraladi. Glyukokortikoid taʼsirga ega — jigarda glyukoza hosil boʻlishini va uning qondagi miqdorini oshiradi. G. jigarda oqsil va ribonuklein kislota sintezini barqarorlashtiradi, koʻpgina boshqa toʻqimalar (mas, limfa, muskul toʻqimasi, biriktiruvchi tuqima)da esa bu jarayonni tormozlaydi. G. ajralishini adrenokortikotrop gormon ishtirokida gipofiz tartibga solib turadi. Organizm uchun noxush holat yoki biror kasallik roʻy berganda (qarang Adaptatsiyey sindrom, Stress) G. hosil boʻlishi jadallashadi. G. va uning preparatlari hamda sunʼiy hosilalari — prednizolon, triamsinolon va b. tibbiyot amaliyotida turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |