Adaptatsion sindrom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adaptatsion sindrom (umumiy adaptatsion sindrom) – kuchli taʼsirot (stressor) ga javoban odam va hayvonlar organizmida roʻy beradigan himoya reaksiyalari majmui; bu reaksiyalar buzilgan muvozanatni qayta tiklash va organizmning ichki muhiti (gomeostaz) ni bir maromda saqlash imkonini beradi. Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining qalinlashishi, ular sekretor faoliyatining tezlashishi, ayrisimon bez, taloq, limfa tugunlarining kichrayishi, qon tarkibining oʻzgarishi (leykotsitoz, limfopeniya), moddalar almashinuvining buzilishi adaptatsion sindromning asosiy belgilaridir. Adaptatsion sindromning vujudga kelishida uch bosqich (himoya kuchlarini ishga solish, rezistentlik va futurdan ketish) farq qilinadi. Adaptatsion sindromning oxirgi bosqichi organizmga uzoq, muddat davomida zararli omillar (fizik, kimyoviy, biologik, ruhiy) taʼsir etishi natijasida roʻy beradi va bu oʻlimga olib boradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.