Gidradenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Gidradenit.jpg
Gidradenit[1].

Gidradenit («hydradenits») - apokrin ter bezlarining yiringli yallig'lanish kasalligi.

Etiologiyasi va patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu kasallikning qo'zg'atuvchisi odatda tillarang stafilokokk bo'ladi. Infeksiya ter beziga uning tashqariga chiqadigan naychalari orqali yoki limfogen yo'llar bilan tushadi. Uning paydo bo'lishiga sababchi omillar - teri kasalliklari (ekzema, toshma), haddan tashqari terlash, terining ifloslanishi kabilardir.

Patologoanatomik manzarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ter bezlarida yallig'lanish infiltrati paydo bo'lgach, teri bezi nekrozi yuz berishi bilan yiringli yallig'lanishga duchor etadi.

Klinik manzarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidradenit ko'proq qo'ltiq sohasida, jinsiy va perianal sohalarda esa kamroq kuzatiladi. Ayollarda u shuningdek, sut bezlari sohasida ham qo'shilib ketib, butun qo'ltiq osti chuqurchasini egallab oladi. Infiltrat kattalashib, flyuktuatsiya paydo bo'ladi, yiringli oqma yara paydo bo'lib, qaymoqsimon madda ajralib chiqa boshlaydi.Kasallik uzoq cho'zilib, tez-tez qo'zib turadi.

Differensial diagnozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidradenitni chipqondan, spesifik bo'lmagan limfadenitdan, qo'ltiq osti limfatik tugunchalar silidan, limfogranulomotoz va limfosarkomadan farqlay bilish lozim.

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki bosqichda ultrabinafsha terapiya, UVCH ni qo'llash, novokain-ampitsillinli infiltratsion blokadalar naf beradi. Ho'l kompresslar to'g'ri kelmaydi, chunki u terming bichilishiga olib keladi, yallig'lanish qo'shni ter bezlariga tarqaladi. Davo qilishda kam dozalardagi rentgenoterapiyadan foydalanish mumkin, antibiotiklar sulfanilamidlar bilan birga qo'shib qo'llaniladi, shuningdek, autogemoterapiya qo'llaniladi. Abssess paydo bo'lgan hollarda kesib yoriladi (insiziya) va yiringli jarohatlar terapiyasining umumiy qabul

qilingan prinsiplari asosida davo qilish davom ettiriladi. Sintomitsiin emulsiyasidan levomikol, demeksid, furatsillin eritmasidan bog'lovda foydalanish maqsadga muvofiqdir[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ergashev U.Y.. Xirurgik kasalliklar 208-bet. ToshTA 2020. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya. Yangi asr avlodi 2008.