Gerolamo Cardano
Gerolamo Cardano | |
---|---|
Tavalludi |
24-sentyabr 1501-yil |
Vafoti |
21-sentyabr 1576-yil Rim |
Fuqaroligi | Milan gertsogligi |
Taʼlimi | Padua univeriteti |
Kasbi | Faylasuf, matematik, munajjim, ixtirochi, muhandis, shifokor, astrolog. |
Dini | katolik |
Gerolamo Cardano (lotinchada: Hieronymus Cardanus, italiyanchada: Girolamo Cardano, Paviyada 24-sentyabr 1501-yil tugʻilgan, 21-sentyabr 1576-yil Rimda vafot etgan) – italyan matematigi, injener, faylasuf, shifokor, astrolog. U algebra, ehtimollar nazariyasi va mexanika boʻyicha muhim asarlar chop etgan va bu asarlar ilm-fan rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Girolamo Cardano turmushsiz tugʻilgan Fazio Kardano ismli huquqshunosning oʻgʻli boʻlgan. Girolamo Cardanoning otasi 1524-yilda vafotidan oldin, uning onasi Klara Micheriga uylangach farzandini qonuniy deb tan olgan. Yetti yoshidan boshlab, u otasining xizmatkori sifatida, uning hujjatlari va kitoblarini olib yurgan[1].
Vaqt oʻtishi bilan Fazio boladagi zehni oʻtkirligi va bilim olishga boʻlgan ishtiyoqini sezib, unga oʻqish, yozish va arifmetika fanlarini oʻrgatdi.
1520-yilda Cardano Paviyadagi universitetga tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. Biroq keyin, 1524-yilda universitet yopilgani sababli oʻz oʻqishini Padua universitetida tamomladi. 1526-yilda u doktorlik diplomini olgan va dastlab faqat tibbiyot bilan shugʻullangan. 1534-yilda Milanda matematika professori boʻlgan va 1539-yilda Milan shifokorlar kollegiyasiga qabul qilingan. 1562-yilda Bolonyada tibbiyotdan dars bera boshlagan. Shuningdek, u astrologik almanaxlar va burjlarni talqin qilish orqali pul topgan. Isoning zodiakini talqin qilgani uchun 1570-yilda bid’atda ayblanib, bir necha oy qamoqda oʻtirgan.
1531-yilda Cardano 15 yoshli Luchiya Bondareniga uylanadi. Xotini 1546-yilda vafot etadi va Cardano ikki oʻgʻil va bir qizni oʻzi tarbiya qilishni boshladi. Keyinchalik Cardanoning katta oʻgʻli xotinini oʻldirgani uchun qatl etilgan, kichik oʻgʻli esa qimorboz boʻlib, otasidan pul oʻgʻirlab, Bolonyadan haydalgan.
Afsonaga koʻra, Cardano oʻz oʻlim kunini aniq bilgan va keyinchalik bu bashoratni amalga oshirish uchun oʻz joniga qasd qilgan.
Ilmiy va muhandislik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Algebra
Cardano hayoti davomida tibbiyotdan tashqari koʻplab boshqa fan sohalarida ham katta iz qoldirgan.
Cardano algebra rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. U Yevropada birinchi boʻlib tenglamalarning manfiy ildizlaridan foydalangan. Uning nomi bilan atalgan „Kardano formulasi“ kubik tenglamaning quyidagi koʻrinishdagi ildizlarini topish uchun qoʻllanadi: x³ + ax + b = 0.
Aslida, Kardano uch xil kubik tenglamalarni foydalanishga kirgizgan: x³ + b = ax, x³ = ax + b, x³ + ax = b, bu yerda a va b ijobiy sonlar;
Bu tenglamalar turlicha deb hisoblangan, chunki Cardano davrida manfiy koeffitsiyentlar deyarli ishlatilmagan. Oʻzining „Buyuk sanʼat“ („Ars Magna“) traktatida u bu formulani Nikolo Tartalyadan oʻrganganini tan olgan.
Sardano kubik tenglamada uchta haqiqiy ildizga ega boʻlishi mumkinligini aniqlagan, ularning yigʻindisi har doim x² koeffitsiyenti qarama-qarshi ishora bilan teng degan fikrni olgʻa surgan.
Avtobiografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cardano tomonidan hayotining soʻnggi yillarida yozilgan „Oʻzimning hayotim haqida“ avtobiografiyasi uning „oʻz nomini abadiylashtirish“ yoʻllaridan biri boʻlgan. Bu asar XVI-asr hayot tarzini tasavvur qilish imkonini beruvchi batafsil tarixiy hikoyani oʻz ichiga oladi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cardanoning koʻplab asarlariga qaramay (130 dan ortiq ishlar), fan tarixida faqatgina uning nomi bilan atalgan formula saqlanib qolgan. Biroq, uni ham oʻzi kashf etmagan. Cardano asarlarining toʻliq toʻplami (Opera omnia) 10 ta kichik yozuv bilan bosilgan jildni oʻz ichiga oladi.
Asarlar roʻyxati:
- De malo recentiorum medicorum usu libellus (1536-yilda Venetsiya nashr qilingan).
- Practica arithmetice (1539-yilda ilk br Milanda nashr qilingan).
- De Consolatione (1542-yilda Venetsiyada nashr qilingan).
- „Buyuk sanʼat“ (Ars magna, 1545-yilda Nyurnbergda nashr qilingan).
- De immortalitate animorum (1545-yilda Lionda nashr qilingan).
- Opus novum de proportionibus (Mexanika haqida asar).
- Contradicentium medicorum (1545-yilda Venetsiyada nashr qilingan. Meditsina haqidagi asar).
- Exaereton mathematicorum (1663-yilda Lionda nashr qilingan. Matematika haqidagi asar)
- „Borliqning nozik nuqtalari“ (De subtilitate rerum, 1550-yilda Nyurnbergda nashr qilingan).
- De libris propriis (1544-yilda Nyurnbergda nashr qilingan).
- „Narsalarning xillari haqida“ (De rerum varietate, 1557-yilda Bazelda nashr qilingan).
- De numerorum proprietatibus (1663-yilda Lionda nashr qilingan).
- De vita propria (1663-yilda Lionda nashr qilingan. Avtobiografiya).
- Qimor oʻyinlari haqida (Liber de ludo aleae, 1564-yilda Lionda nashr qilingan).
- De Musica (1663-yilda Lionda nashr qilingan).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Никифоровский В. А.. Из истории алгебры XVI—XVII веков.. М.: Наука, 1979 — 42—88-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bernatosyan S. G. Vorovstvo i obman v nauke. – SPb.: Erudit, 1998. – S. 15—30. – 384 s. – ISBN 5-7498-0005-9.
- Burbaki N. Ocherki po istorii matematiki = Elements d’histoire des mathematiques / Perevod: Izabella Bashmakova. – M.: Izdatelstvo inostrannoy literaturi, 1963. – 294 s. – (Elementi matematiki).
- Gindikin S. G. Rasskazi o fizikax i matematikax. – izdanie trete, rasshirennoe. – M.: MTsNMO, 2001. – S. 8—42. – 448 s. – 5000 ekz. – ISBN 5-900916-83-9.
- Guter R. S., Polunov Yu. L. Djirolamo Kardano. – M.: Znanie, 1980. – 192 s. – (Tvorsi nauki i texniki). – 100 000 ekz.
- Nikiforovskiy V. A. Iz istorii algebri XVI—XVII vekov. – M.: Nauka, 1979. – S. 42—88. – 208 s. – (Istoriya nauki i texniki). – 45 000 ekz.
- Kardano D. O moey jizni / Redaktor i sostavitel: Yuriy Zareskiy. – M.: Visshaya shkola ekonomiki, 2012. – 344 s. – (Istoriya ot pervogo litsa: Italyanskoe Vozrojdenie). – 500 ekz. – ISBN 978-5-7598-0931-9.
- Istoriya matematiki / Pod redaksiey A. P. Yushkevicha, v tryox tomax. – M.: Nauka, 1970. – T. I.
- Kardan, Ieronim // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1895. – T. XIVa. – S. 481.