Kollegiallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kollegiallik — boshqarish prinsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar boʻladi. K.ning hal qiluvchi va maslahat beruvchi shaqllari boʻladi. K.ning hal qiluvchi shakli ayrim davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlik faoliyatiga xosdir. K.ning maslahat beruvchi shakli, asosan, yakkaboshchilik asosida ish olib boradigan xoʻjalik boshqarish organlarida uchraydi. Ularda kollegiyalarning qarorlari rahbar (yakkaboshchi) rozi boʻlgandagina kuchga kiradi. Bunda rahbar, odatda, kollegiya raisi hisoblanadi. K., shaklidan qatʼi nazar, shaxsiy javobgarlik uning samarali ishlashining hal qiluvchi shartidir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil