Georgia Stanway

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Georgia Stanway
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Georgia Marie Stanway[1]
Tavallud sanasi 3-yanvar 1999-yil (1999-01-03) (25 yosh)
Tavallud joyi Barrow-in-Furness, Angliya
Boʻyi 1.62m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AngliyaManchester City
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014 AngliyaBlackburn Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2022 AngliyaManchester City 94 (30)
2022– GermaniyaBayern Munich 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014 AngliyaAngliya U15 1 (0)
2014–2016 AngliyaAngliya U17 27 (23)
2017– AngliyaAngliya U19 7 (6)
2018– AngliyaAngliya U20 7 (6)
2018– AngliyaAngliya terma jamoasi 31 (8)
2021– Birlashgan QirollikBuyuk Britaniya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Georgia Marie Stanway (1999-yil 3-yanvarda tug'ilgan) - ingliz futbolchisi, Frauen-Bundesliga klubi "Bavariya" va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida o'ynaydi. U shuningdek, turli yoshlar toifasida Angliya terma jamoasida o'ynagan.

2016-yildaStanway BBC tomonidan yilning eng yaxshi yosh sportchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi. 2017- yilda u PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi nominatsiyasiga nomzod bo'ldi[2]. 2018-yil iyun oyida u UEFA ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibiga kiritildi. 2019-yilda yana bir bor PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stanway Barrou-in-Furnessda tug'ilgan, ammo futbol o'ynash orzusini amalga oshirish uchun 16 yoshida ko'chib ketgan[3]. U Alan Shirerni o'ziga kumir qilib o'sgan va "Nyukasl Yunayted" ga muhlislik qiladi[4][5].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackburn Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stanway o'z faoliyatini Blackburn Roversda boshlagan va u yerda yoshlar jamoasida o'ynagan oxir-oqibat Angliya Premer-ligasida kattalar jamoasiga qo'shilgan.

Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stanway 2017-18-yilgi Chempionlar ligasida "Manchester City" safida to'p surgan.

2015-yilning 18-iyulida Stanway «Manchester City» ga borib qo'shildi. 29-iyul kuni Stenvey "Manchester City" safida Qit'a kubogida " Dyurem " ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxira o'yinchisi sifatida debyut qildi[6]. 27-avgust kuni u "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) ilk golini kiritdi[7]. U o'zining birinchi mavsumini klubning Rising Star mukofoti bilan yakunladi[8]. 2016-yilda u Nissan tomonidan "Mavsumning eng yaxshi goli" sovrinini qo'lga kiritdi[9]. 2017-yilning yanvarida u klub bilan yangi shartnoma imzoladi[10].

Klubning 2017-18-yilgi mavsumdagi o'yinlari uni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi jamoasi nomiga sazvor qildi[11]. Keyingi mavsumda Stanway PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi mukofotiga sazovor bo'ldi[12].

2019-yil 17-noyabrda Stanway “Vest Xem United” ga qarshi ligada 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita sariq kartochka oldi bu o'z o'zidan qizil kartochkaga olib keldi va u maydondan chetlashtirildi, lekin qizil kartochka olishdan oldin ikkita gol urishga ulgurgan edi[13]. U 2020/21-yilgi mavsumni Aston Villaga qarshi safarda 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda dubl qayd etish bilan boshladi[14].

2021-22-yilgi mavsumdagi birinchi Manchester derbisida Stanway 35-daqiqada Lea Galtonga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, “Manchester City” 2:2 hisobida durang qayd etdi[15]. Stanway 2021-yil dekabrida FA WSLda oyning eng yaxshi goli sovrinini qoʻlga kiritdi[16].

Stenvey(oq) 2019-yilda Angliya terma jamoasi safida

Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Stanway 17 yoshgacha bo'lgan Angliya terma jamoasini 2016-yilgi Yevroda uchinchi o'rinni egallab, Jahon chempionatiga yo'llanma olishiga yordam berdi[17]. 2018-yilda Stanway Angliyaning 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi Fransiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati musobaqasida muhim rol o'ynadi. Stanway olti marta gol urdi ("Oltin butsa" sohibi Patricia Guijarro bilan bir xil, ammo Patricia golli uzatmalarda Stanwayni ortda qoldirgan) Angliya uchinchi o'rinni egalladi[18][19].

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stanway 2018-yilning 8-noyabrida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) Angliya termasidagi ilk golini debyut uchrashuvida urdi[20] Stanway ikkinchi xalqaro golini 2019-yil sentabr oyida Norvegiyaga 2:1 hisobida ga'laba qozonilgan uchrashuvda kiritdi[21] 2021-yil 27-may kuni Stanway 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga kechiktirilgan Buyuk Britaniya ayollar olimpiya terma jamoasining beshta hujumchisidan biri sifatida tanlangani e’lon qilindi[22].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsumda ko'rsatilgan statistika
Klub Season Liga FA Kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
Blackburn Rovers 2014[23] WPL Northern 5 6 5 6
AngliyaManchester City 2015 WSL 1 3 1 0 0 2 1 0 0 5 2
2016 10 4 3 1 2 1 1 0 16 6
2017 5 0 0 0 0 0 2 0 7 0
2017–18 14 5 1 0 4 3 7 2 26 10
2018–19 WSL 19 11 3 2 6 2 2 0 30 15
2019–20 13 4 1 0 4 0 2 1 20 5
2020–21 21 5 2 0 4 0 6 3 1 0 34 8
2021–22 9 2 0 0 1 0 0 0 10 2
Umumiy 94 32 10 3 23 7 20 6 1 0 148 48
Karyerada umumiy 99 38 10 3 23 7 20 6 1 0 153 54
Yil Angliya Buyuk Britaniya
O'yin Gol O'yin Gol
2018 2 1
2019 14 1
2020 3 0
2021-yil 7 2 4 0
2022 5 4
Jami 31 8 4 0

Xalqaro maydonda kiritlgan gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2018-yil 8-noyabr BSFZ-Arena, Mariya Enzersdorf, Avstriya Avstriya 2–0 3–0 Do'stona [24]
2 2019-yil 3 sentabr Brann Stadion, Bergen, Norvegiya  Norvegiya 1–0 1–2 Do'stona [25]
3 2021-yil 26 oktabr "Daugava" stadioni, Riga, Latviya  Latviya 9–0 10–0 2023 FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralashi [26]
4 2021-yil 30-noyabr Keepmoat stadioni, Donkaster, Angliya  Latviya 10–0 20–0 [27]
5 2022-yil 8-aprel Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya  Shimoliy Makedoniya 5–0 10–0 [28]
6 8–0
7 2022-yil 12-aprel Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya  Shimoliy Irlandiya 4–0 5–0 [29]
8 5–0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA Ayollar Superligasi : 2016-yil
  • FA Ayollar Ligasi kubogi : 2016, 2018–19, 2021–22
  • Ayollar o'rtasidagi Angliya kubogi : 2016–17, 2018–19, 2019–20

Angliya Angliya U17[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 17 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi UEFA chempionati uchinchi o'rin: 2016[30]

Angliya Angliya U20[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi jahon chempionati uchinchi o'rin: 2018[31]

Angliya Angliya terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati : to'rtinchi o'rin 2019[32]
  • SheBelieves kubogi : 2019[33]
  • Arnold Klark kubogi : 2022[34]

Shahsiy yutuqlar

  • UEFA 17 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi chempionat ramziy jamoa a'zori: 2016-yil[35]
  • FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi jahon chempionati kumush butsasi: 2018[36]
  • PFA yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi : 2018–19[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA Women's World Cup France 2019™ List of Players – England“. FIFA (27-may 2019-yil). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2019-yil.
  2. „Women's PFA Young Player of the Year 2017 in association with Sodexo“. The PFA (2017-yil 13-aprel). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  3. Chabo, Elena. „Georgia Stanway talks teamwork, mindfulness, and the future of women's football“. Stylist. Qaraldi: 27-may 2019-yil.
  4. „Georgia Stanway wins PFA Young Player of the Year“. The PFA (2019-yil 26-aprel). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  5. Laverty. „Georgia Stanway Looking Forward to Opportunity on the World Stage“. Our Game Magazine (2019-yil 28-may). Qaraldi: 2019-yil 28-may.
  6. „Manchester City Women v Durham Women: Continental Cup match report“. Manchester City FC. 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  7. „Barrow ace Stanway nets first goal for Manchester City“. Northwest Evening Mail (2015-yil 28-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  8. „Bronze: Stanway offers City pure gold going forward“. The League Paper (2016-yil 27-aprel). Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  9. „Stanway worldie wins award“. Manchester City FC. Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  10. „New deal for MCWFC starlet Stanway“. Manchester City FC. Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  11. „Women's Champions League Squad of the Season“. UEFA.com (2018-yil 14-iyun).
  12. 12,0 12,1 „Georgia Stanway wins PFA Young Player of the Year“. The PFA (2019-yil 26-aprel). Qaraldi: 2019-yil 25-may. "Georgia Stanway wins PFA Young Player of the Year".
  13. Penney. „Manchester City hit five past West Ham as Georgia Stanway scores twice before seeing red“. The Telegraph (2019-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
  14. Garry. „Women's Super League: Aston Villa Women 0–2 Manchester City Women“. BBC Sport (2020-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  15. Sanders, Emma. „Man Utd 2–2 Man City: Dramatic derby ends in draw despite Stanway red card for City“. BBC Sport (9-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  16. Oatway, Caroline. „STANWAY WINS FA WSL GOAL OF THE MONTH“. mancity.com. Manchester City (2022-yil 12-yanvar).
  17. „New deal for MCWFC starlet Stanway“. Manchester City FC. Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr. "New deal for MCWFC starlet Stanway".
  18. „England win Bronze Medal at FIFA U20 Women's World Cup“. The FA (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  19. „Japan join a select club“. fifa.com. FIFA (2018-yil 27-avgust). Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  20. Emons. „Austria 0–3 England“. bbc.co.uk. BBC Sport (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  21. Wrack, Suzanne. „Phil Neville denies arrogance claims after England lose to Norway“. The Guardian (3-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.
  22. „Team GB: Steph Houghton, Sophie Ingle and Caroline Weir in Olympics squad“. bbc.co.uk (2021-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  23. „Blackburn Rovers Ladies – Player Season Totals 2014–15“. TheFA.com. The Football Association. Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  24. Emons. „Austria 0–3 England“. bbc.co.uk. BBC Sport (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 27-may. Emons, Michael (8 November 2018).
  25. „Norway 2–1 England: Phil Neville's side beaten by late Caroline Graham Hansen goal“. BBC Sport (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  26. Emons. „Latvia 0–10 England: Lionesses maintain 100% record in Women's World Cup qualifying“. BBC Sport (2021-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  27. Sanders. „England 20–0 Latvia: Ellen White sets all-time scoring record with hat-trick“. BBC Sport (2021-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  28. Sanders. „North Macedonia 0–10 England: Ellen White nets 50th goal to reach another landmark“. BBC Sport (2022-yil 8-aprel). Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  29. Gray. „Northern Ireland v England: Lionesses beat NI in front of record crowd“. BBC Sport (2022-yil 12-aprel). Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  30. Hart. „England beat Norway for World Cup place“. UEFA.com. Union of European Football Associations (UEFA) (2016-yil 16-may). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  31. „England win Bronze Medal at FIFA U20 Women's World Cup“. The FA (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel. "England win Bronze Medal at FIFA U20 Women's World Cup".
  32. Garry. „Women's World Cup: England finish fourth after Sweden defeat“. BBC Sport (2019-yil 6-iyul). Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  33. „England record statement win over Japan to clinch prestigious SheBelieves Cup“. The FA (2019-yil 5-mart).
  34. „England 3 - 1 Germany“. BBC Sport (2022-yil 23-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  35. „Technical Report — Team of the Tournament“. UEFA.com.
  36. „Guijarro leads individual honours in France“. FIFA (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.