George Vincent (rassom)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
George Vincent

Vincentning John Jackson tomonidan chizilgan portreti (1820), Milliy portret galereyasi (London)
Tavalludi 27-iyun 1796-yilda choʻqintirilgan
Norwich, Buyuk Britaniya
Vafoti tahminan 1832-yil
Bath (Somerset)
Millati ingliz
Sohasi peyzaj tasvir
Oqim Norwich rassomlar maktabi
Mashhur suratlari „Daryo boʻyidagi Greenwich kasalxonasi“ (1827)

George Vincent (talaffuzi: Jorj Vinsent; tugʻilgan sanasi nomaʼlum, 1796-yil 27-iyunda choʻqintirilgan, tahminan 1832-yilda vafot etgan) — ingliz peyzaj rassomi boʻlib, akvarel, moy boʻyoq va ofort boʻyoqlardan foydalanib koʻplab sanʼat asarlarini chizgan. U sanʼatshunoslar tomonidan Norwich rassomlar maktabining eng isteʼdodli oʻquvchilaridan biri deb eʼtirof etilgan. Ular asosan maʼmuriy, hududiy va ijodiy aloqalar orqali bogʻlangan, asarlarida asosan Norfolk qishloqlari tasvirlangan sanʼatshunoslar jamoasi boʻlgan. Vincentning asarlari asosan Golland sanʼatining oltin davridagi John Crome hamda Norwich maktabidagi uslublarga asoslangan. Shu sababdan ham George Vincent hamda uning doʻsti James Starkning asarlari Norwich maktabining obroʻsini nafaqat Sharqiy Angliyada, balki boshqa joylarda ham oshishiga sabab boʻldi.

Vincent toʻquvchi oilasida dunyoga kelgan. Norwich grammatika maktabida tahsil olgan va undan keyin John Cromega shogird tushgan. U Qirollik akademiyasi, Britaniya instituti va boshqa bir nechta joylarda koʻrgazmalarini namoyish qilgan. 1811-yildan 1831-yilga qadar Norwich rassomlar jamiyatida Vincent oʻzining Norfolk manzaralari va marina sanʼatiga oid yuzdan ortiq asarlarini namoyish qiladi. 1818-yilga kelib u Londonga koʻchib oʻtadi. Oradan uch yil oʻtib, u yerda badavlat jarrohning qiziga uylanadi. Rassom Londonda badavlat mijozlarning homiyligida boʻlishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan qiynaladi. Hashamatli uy sotib olish istagi hamda ichkilikka haddan tashqari moyilligi Vincentning moliyaviy muammolarini yanada koʻpayishiga sabab boʻladi. Shu sababli qarzlarini vaqtida toʻlay olmaganidan keyin 1824-yili uni Fleet qamoqxonasiga olib ketishadi. Ozod qilinishidan oldin 1827-yilda Vincent kam foyda koʻrishiga qaramay Norwich rassomlar jamiyati bilan aloqalarini davom ettiradi.

1831-yildan keyin Vincent gʻoyib boʻlgan. Oilasi uni qidirib topa olmagan va shundan keyin uning qayerga ketgani nomaʼlumligicha qolgan. Rassomning vafoti 1832-yilning aprel oyidan oldin, Bath shahrida sodir boʻlgan degan tahminlar bor. Vincent vafotidan 30 yil oʻtib, Londonda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada uning asarlari ham namoyish qilingan. Bu asarlar orasida „Daryo boʻyidagi Greenwich kasalxonasi“ ham boʻlgan va aynan shu asar sababli rassomning ijodiga qiziqishlar uygʻongan. Keyinchalik bu Norwich maktabining isteʼdodli oʻquvchisi boʻlganligi bilan obroʻ qozonishiga imkon bergan. 1920-yillarda sanʼatshunos olim Herbert Minton Cundall shunday yozadi; „Agar Vincent nojoʻya odatlar va tushunarsiz salbiy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaganida edi, ehtimol ingliz peyzaj rassomlari orasida eng yaxshilaridan biri boʻlishi mumkin edi“[1].

Muhit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Norfolk landscape (oil painting)
Vincentning „Norwich yaqinidagi eski ferma“ asari. Norwich maktabidan olgan bilimlari hamda Norfolk qishlogʻidan ilhomlangan holda chizilgan

.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Cundall 1920, ss. 26–27.